Obama ekologiyaga zararni kamaytirishga doir dasturni e'lon qildi

  • Amerika Ovozi

Qoidalar asosan elektr stansiyalari faoliyatiga taalluqli bo'ladi. Xususan, ko'mirdan elektr quvvati olish kamaytirilib, muqobil energiya manbalariga urg'u beriladi.

Qoidalar asosan elektr stansiyalari faoliyatiga taalluqli bo'ladi. Xususan, ko'mirdan elektr quvvati olish kamaytirilib, muqobil energiya manbalariga urg'u beriladi.

Qo'shma Shtatlar zaharli gazlar miqdorini kamaytirish maqsadida yangi qoidalar joriy etmoqda.

Prezident Barak Obama bugun shu haqda e'lon qilishi kutilmoqda. Qoidalar asosan elektr stansiyalari faoliyatiga taalluqli bo'ladi. Xususan, ko'mirdan elektr quvvati olish kamaytirilib, muqobil energiya manbalariga urg'u beriladi.

Stansiyalar 2030-yilgacha zararli gazlar chiqimini 2005-yilgi ko'rsatkichdan 32 foizga tushirishi kerak bo'ladi.

Prezidentning aytishicha, iqlim o'zgarmoqda, muammolarni keyingi avlodga qoldirmaslik kerak.

“Iqlim shu darajada o'zgaryaptiki, iqtisodiyotimiz, xavfsizligimiz, sog'lig'imizga xavf tug'dirmoqda. Bu shaxsiy fikrim emas, bu o'n yillab sinchkovlik bilan to'plangan ma'lumotlar va olimlarning umumiy xulosasiga asoslangan fakt. Yashash tarzimizga buning ta'siri jiddiy", - deydi Obama.

Unga ko'ra, iqlim o'zgarishi natijasida yoz faslida harorat yanada ko'tarilmoqda, dengiz suvi ko'paymoqda, ob-havoda anomal holatlar ko'p uchramoqda.

Obamaning rejasi elektr stansiyalar va muxolif respublikachilar yetakchiligidagi Kongress qarshiligiga uchrashi aytilmoqda. 25 ta shtat ham yangi qoidalarga qo'shilmasdan masalani sudga oshirishi mumkin.

So'nggi paytlarda elektr ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ko'mir o'rniga ko'proq tabiiy gaz hamda quyosh va shamol energiyasidan foydalanmoqda. Natijada 2011-2013-yillarda atmosfera 13 foizga kamroq zaharlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG