Klinton: Yuqori texnologiya avtoritar rahbarlar qo’liga tushmasin

  • Amerika Ovozi

Klinton: Yuqori texnologiya avtoritar rahbarlar qo’liga tushmasin

Klinton: Yuqori texnologiya avtoritar rahbarlar qo’liga tushmasin

Amerika Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton yuqori texnologiya kompaniyalarini internetni cheklovchi asbob-uskuna sotmaslikka undamoqda.

Repressiv hukumatlarga qurol berib qo’ymaylik, deydi u.

Xillari Klintonning aytishicha, texnologiya firmalari o’z mahsuloti qanday qo’llanishi mumkinligini doim ham bilmaydi.

Lekin shunday hollar bo’ladiki, xaridor kimligi ayon. Ilg’or firmalar internetni himoya qilishga hissa qo’shishi, avtoritar rejimning qo’g’irchog’iga aylanmasligi kerak.

“Internet foydalanuvchisini kuzatuvchi sistema Suriya, Eron va boshqa huquqbuzar davlatlar qo’liga tushdimi, tamom”, - deydi Klinton.

Diplomat Gaagada 23 davlat ishtirokida o’tgan va erkin internetga bag’ishlangan anjumanda so’zladi.

Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri Uri Rosental fikricha, demokratik davlatlarda ishlangan zamonaviy texnologiya inson huquqini poymol etmasligi kerak.

“Qabih maqsadda qo’llanishini bilsak, qator texnika va vositalarni muayyan mamlakatlarga sotmaylik umuman. Hukumatlarning majburiyati bu”, - deydi u.

Yevropa bo’ylab besh kunlik safarini yakunlagan Xillari Klinton repressiv mamlakatlar internetga doir global qonunlar zaifligidan foydalanadi, deya xavotirda.

“Ba’zi yurtlar shuni bahona qilib ham global tarmoqni cheklaydi. Fuqaroning internetdan foydalanish erkini buzadi”, - deydi Klinton.

Amerika Davlat kotibasi hech kimni nomma-nom keltirmaydi. Lekin yil boshida Rossiya, Xitoy, Tojikiston va O’zbekiston axborot olamida axloq ma’nosida tashabbusni BMT Xavfsizlik Kengashiga olib chiqqan.

Uning nazarida diktatorlar oxir-oqibat bir muammo bilan yuzlashadi – cheklovlarni oshirish orqali fuqaroning fikri, kashfiyotlaridan quruq qoladi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG