Breaking News

Kerri Kongressni Eron bilan bitimni ma’qullashga undamoqda


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va boshqa rasmiylar Kongress a’zolari bilan Eron yadroviy dasturiga oid maslahatlarning yangi bosqichini boshlash arafasida. Ayrim qonunchilar shu oy boshida Tehron bilan erishilgan kelishuvni ochiqchasiga tanqid qildi. Ular fikricha, Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish uchun shartlar aniq emas, hujjatda Eron kelajakda atom bombasini yaratmaslik shartlari yetarlicha qattiq belgilanmagan.

Kerri Kongress a’zolaridan Tehron bilan kelishuv yakunlanishini sabr bilan kutishni so’radi.

“Muvaqqat kelishuvga erishganimiz va yakuniy shartnoma uchun belgilangan shartlardan kelib chiqqan holda aralashuvsiz va partiyalarning siyosy ta’sirisiz bu masalani yakuniga yetkazishga haqlimiz, deb hisoblayman”, - dedi AQSh bosh diplomati.

Seshanba kuni Senat bahsli qonun loyihasini ko’rib chiqadi. Unga ko’ra, Kongress Eron bilan yadroviy shartnomani ko’rib chiqishi uchun prezident roziligi talab qilinadi.

Loyihani ilgari surayotgan senator Bob Menedez kurashni davom ettirish niyatida qat’iy:

“Milliy xavfsizligimiz uchun va yadroviy qurolga ega Eronga qarshi kurashib kelaman. Va bu ishimni davom ettiraman,” – dedi u.

AQSh va Eron bilan muzokaralarda ishtirok etayotgan boshqa qudratli davlatlarni tanqid qilayotgan arboblar yo’q emas. Ulardan biri, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, Tehron bilan musoraga borish tahdididan ogohlantirdi.

“Global terrorchilik harakati homiysi bo’lmish Eron uchun atom bombasiga olib boradigan yo’lni osonlashtirmaslik kerak, holbuki bu butun dunyoni xavf ostiga qo’yadi,” - dedi Isroil rahbari.

Eron sanksiyalar yumshatilishidan umidvor. Jahon davlatlari Tehron yadroviy dasturi faqat tinchlik yo’lida xizmat qilishini kafolatlash niyatida.

Muzokaralalar iyungacha yakunlanishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG