Qonunchilar: Suriyalik qochqinlarga yordam berishimiz kerak

  • Amerika Ovozi

Amerika Suriyadagi gumanitar inqiroz va qochqinlar fojeasini hal qilishda yordam berishi lozim. AQShda har ikki partiya qonunchilarining bu masalada fikri mushtarak.

Senat Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi Bob Korkerning aytishicha, AQSh suriyalik qochqinlar taqdiriga befarq qarab tura olmaydi.

"Boshqa bir davlatdagi halokatni ko'rmaganga olish katta xatodir. Suriyada bugun ro'y berayotgan voqealar 2015-yilda bo'lishi mumkin emas. 1015-yilda bo'lsa mayli ekan, lekin 2015-yilda emas", - deydi Bob Korker.

Aksariyat respublikachilar kabi Korkerning ishonchi komil - Obama ma'muriyati indamay turib, tanazzulni yanada alanga oldirayapti. Ayrim demokratlar fikricha ham, Amerika Suriyadagi mojaroga agressiv, keskin yondashsa, foydadan xoli bo'lmaydi.

Demokrat senator Patrik Leyxining aytishicha, asosiy g'alamis - Suriya rahbari Bashar al-Assad. Leyxi Prezident Obamaning 10 ming suriyalik qochqinga panoh berish rejasini olqishlayapti.

"Yevropa dadil harakat qilib, qochqinlarga yordam berdi. Biz ham shu yo'lni tutishimiz kerak. Qochqinlarni qabul qilishimiz lozim", - deydi Leyxi.

Demokrat Tin Keyn ham Obamaning tashabbusidan mamnun.

"Livan milliondan oshiq odamni, Turkiya 2 milliondan ziyod qochqinni, Iordaniya million suriyalikni bag'riga oldi. Bularning oldida biz ko'proq ish qilsak ham arziydi", - deydi Keyn.

Senator Korkerning aytishicha, Prezident Obama, albatta, suriyalik qochoqlar sonini belgilashda muhim rol o'ynaydi, lekin Kongressning ham o'rni salmoqli. Ayniqsa, bu chora uchun zarur moliyani tasdiqlashga kelganda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG