Breaking News

Amerikaning yosh ijodkorlari asarlariga nazar


Yosh ijodkorlar /Corcoran Art graduates
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:58 0:00

Yosh ijodkorlar /Corcoran Art graduates

Shu kunlarda poytaxt Vashingtondagi eng qadimgi muzeyda san’at, fotografiya va dizaynni o’rganayotgan 84 talabaning ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. O’qishni bitirib, diplomni qo’lga kitirishdan oldin ular o’z asarlarini jamoatchilikka taqdim etdi.

Metaldan yasalgan eksponat nomi “Geptakord”. Muallif - Gabriel Mellan.

“Eksponatning har yeriga qo’l tegizib ko’ring. Juda sezgir, sal bosilsa, musiqa yangraydi”, deydi u.

Mellan Korkoran San’at va dizayn kollejini bitirayotgan 84 talabadan biri. Uning “Geptakord”i boshqa bitiruvchilarning ijod mahsuli bilan birga “Next” – “Keyingi” deb nomlangan ko’rgazmadan o’rin olgan.

Jeyson Taker tengdosh va o’qituvchilariga o’z loyihasini taqdim etmoqda. San’at orqali o’zining gomoseksual ekanini namoyish qilmoqchiligini aytadi.

“Mendakalarni haqoratlamoqchi bo’lganlar supurgi bilan solishtiradi. Men o’z vaznimga teng daraxt shoxlarini yig’dim-da, ularni birga bog’ladim. O’zim bunday haqoratni ko’p eshitganim uchun bu epitetni go’zal bir narsaga aylantirmoqchi bo’ldim”.

Ko’rgazma doirasida an’anaviy san’at turlari qatorida multimediadan ham keng foydalanilgan. Endi Grandberg kollej dekani:

“Yildan yilga video loyihalar soni oshib bormoqda. Raqamli texnologiya va boshqalardan foydalanayotgan yosh san’atkorlar juda ko’p”.

Keylin Jeksonning fotosuratlar loyihasi shular jumlasidan.

“Men eksperiment sifatida shunday loyiha qildim. Galereyaga kelgan odamlardan musiqani eshitib, mana bu rang-barang chiroqlar yordamida harakat orqali o’z his-tuyg’ularini ifoda etishni so’radim. Ularni suratga tushirdim,” deydi u.

Dolzarb siyosiy mavzular aks etgan san’at asarlari ham bor. Robert Yi Janubiy Koreyadan. Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un va boshqalarni mo’yqalamga olgan.

“Bu turkum rasmlarimni “Niqoblar” deb atadim. Gap shundaki, har bir jamiyatda odamlar turli niqoblar taqib yuradi. Shimoliy Koreyada bu yaqqol ko’zga tashlanadi. Barcha fuqarolarning yuzi xuddi qotib qolgandek, ular baxtiyor ko’rinishga majbur,” deydi u o'z asarlari haqida.

Ketrin Armur Korkoran kollejining ilmiy masalalar bo’yicha prorektori. Talabalarimiz kelajagi porloq, deydi ishonch bilan.

"Niqoblar" - Shimoliy Koreyaga bag'ishlangan suratlar turkumi
"Niqoblar" - Shimoliy Koreyaga bag'ishlangan suratlar turkumi
“Bugunda ta’lim sohasida asosiy e’tibor ilm-fan va texnologiyalarga qaratilmoqda. Ko’rgazmada muammolar yechimini ijod, ilhom va qat’iyat orqali topish mumkinligiga urg’u berilgani menga juda ma’qul bo’ldi. Yosh avlod, talabalar uchun bu sifatlar muhim”.

Korkoran kolleji poytaxt Vashingtondagi san’at va dizayn sohasida bilim beradigan yagona o’quv dargohi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG