Breaking News

AQSh va Kuba aloqalarni tiklayapti, Gavanada muzokaralar


AQSh Kubada elchixona ochib, aloqani tiklamoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00

AQSh Kubada elchixona ochib, aloqani tiklamoqda

Partiyabozlikka tortilgan AQSh Kongressida demokrat va respublikachilar bir masalada hamfikr – Kuba. AQSh oradagi yarim asrlik adovatni tugatib, bu davlat bilan diplomatik aloqani tiklamoqda.

AQSh va Kuba aloqalarni tiklayapti, Gavanada muzokaralar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:03 0:00

Gavanada kechayotgan muzokaralarda har ikki davlatda elchixonalar ochish, amerikalik diplomatlarga qo’yilgan cheklovlarni bekor qilish va immigratsiya bilan bog’liq masalalar muhokama qilinyapti.

Amaldagi qonun-qoidalarga ko’ra, Amerika zaminiga qadam qo’ygan kubaliklar bu davlatda qolishga haqli.

Florida shtatida kubalik amerikaliklarning katta jamoasi yashaydi. U yerdan saylangan qonunchilar va faollar fikricha, kommunist tuzum bilan do’stlashish katta xato.

Kubada siyosiy faoliyati uchun qariyb 20 yil qamoqda o’tirgan, hozirda AQShda yashayotgan Xorxe Luis Garsiya Perez shunday deydi:

“Bizdek dissidentlarga tayanch va ittifoqchi bo’lish o’rniga AQSh hukumati, aksincha, bizga xiyonat qildi”.

Respublikachilar Garsiya Perez va uning rafiqasini prezident nutqini tinglash uchun Kongressga taklif etdi. Floridalik respublikachi qonunchi Ileana Ros-Leytinen Kongressga birinchi bo’lib saylangan kubalik muhojirlardan.

“Bu rejimdan aziyat chekkanlar diktatura bilan do’stlashmang, sanksiyalarni bekor qilmang deb talab qilishyapti”, - deydi u.

Bir paytlar AQSh hukumatiga ishlagan Alan Gross ham prezident nutqini tinglash uchun Oq uy tomonidan taklif etilgan. Josuslikda ayblangan Gross o’tgan yili dekabrda ozodlikka chiqqan edi.

Vashington Kubani terrorizmni moliyalovchi davlatlar ro’yxatidan olib tashlamoqchi. Prezident Kongressdan savdo embargosini ham bekor qilishni so’ramoqda.

“Yangicha siyosatimiz oradagi ishonchsizlikka barham beradi. Kubaga qo’yilgan cheklovlarni olib tashlaymiz, demokratiyaga urg’u beramiz, bu o’lkaga do’stlik qo’lini cho’zamiz”, - deydi Barak Obama.

Kongressdagi aksar qonunchilar bu o’zgarishlarni olqishlamoqda, deydi siyosiy tahlilchi Karl Micham.

“Partiyalar bu masalada til topishgandek. Embargo bekor qilinadimi, yo’qmi, aytish qiyin. Lekin katta o’zgarishlar bo’lishi aniq”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG