Kuba AQSh bilan aloqalarning tiklanishini o'z g'alabasi sifatida ko'rsatmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Gavanaga tarixiy safar uyushtirib, yaqinda ishga tushgan elchixonada Amerika bayrog’ini ko’tardi va muxolifat vakillari bilan uchrashdi. Kastro rejimi tarafdorlari Vashington bilan diplomatik aloqalarning tiklanishini Kuba uchun g’alaba sifatida talqin etmoqda.

Diplomatik aloqalar qayta tiklanar ekan, Kuba 90-yillar boshida Sovet ittifoqi qulashi bilan boshlangan iqtisodiy tanazzuldan hanuz qutula olgani yo’q.

Ammo bu Kuba kommunizmini yenga olmadi, deydi 1961-yil AQSh homiyligidagi bosqinga qarshi kurashgan inqilobchi Eladio Aguiar.

“Ayrim xayolparastlar shu bilan sotsializm tugaydi, Kubada tarixiy avlod, sotsializmga yakun yasaladi, deb o’ylamoqda. Yo’q, bunday bo’lmaydi”, - deydi u.

Hukumat kelishuvni xalqiga g’alaba sifatida taqdim etmoqda va bunga ishonayotganlar ko’p, deydi dissident rassom Tanya Bruguera.

“Ko’chalarda yurib, taksi haydovchilari yoki odamlar bilan gaplashsangiz, ular shartlarni Kuba qo’ymoqda va AQSh ularning barchasini qabul qilyapti, deb aytmoqda”, - deydi u.

Brugueraga ko’ra, AQSh endi Kubada demokratiya o’rnatishga harakat qilishi kerak.

Bu esa vaqt bilan bog’liq, deydi asarlari Pikasso ishlariga qiyoslanadigan yana bir muxolif ijodkor Pedro Pablo Oliva.

“Buni qayerdandir boshlashingiz kerak va boshlanishi yaxshi bo’ldi”, - deydi u.

Prezident Barak Obama aloqalarning tiklanishi 50 yillik izolyatsiya bajarmagan ishlarni amalga oshirishidan umidvor. Inqilob tarafdorlari va muxolifat ham kelishuv bo’yicha o’z qarashlariga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG