AQSh kompaniyalari uchun Kubada biznes qilish, pul yuborish osonlashdi

  • Amerika Ovozi

Kuba bilan munosabatlarni tiklayotgan Qo'shma Shtatlar sayohat, tijorat va sarmoyaga oid bir qator cheklovlarni bekor qildi. Rasmiylarning aytishicha, qaror kubaliklar hayotida ijobiy o'zgarishlar yasaydi.

Amerika kompaniyalari so'nggi yarim asrda ilk bor Kubada idora ochib, ishchi yollashi, orolga cheklanmagan miqdorda mablag' olib kirishi mumkin.

Qaror 21-sentabrdan kuchga kiradi. Axborot agentliklari, ta'limiy va diniy tashkilotlar hamda aloqa kompaniyalari Kubada ish boshlashi kutilmoqda. Ikki davlat orasida yo'lovchi va yuk kemalari qatnovi yo'lga qo'yiladi. Kubalik-amerikaliklarga oroldagi qarindoshlarini borib ko'rishga ham ruxsat bor.

Ammo sayyohlik hozircha keng jamoatchilik uchun ochiq emas. Hozircha faqat mMuayyan kategoriyadagi, hukumatdan ruxsat olgan amerikaliklar Kubaga safar qilishi mumkin.

Kelasi yil boshida AQSh va Kuba o'rtasida samolyotlar qatnovini boshlash ham rejada. Har ikki davlatda elchixonalar allaqachon ishga tushgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG