Kubaning mashhur sigarasiga cheklov olib tashlandi

  • Amerika Ovozi

Gavana, Kubadagi do'konlarning birida

Gavana, Kubadagi do'konlarning birida

Kuba diplomati Obama ma'muriyatining savdoga doir oxirgi farmonini olqishlamoqda.

Shu bilan birga, deydi Kuba Tashqi ishlar vazirligidan Jozelifa Vidal, orol davlatga qo'yilgan embargo butunlay olib tashlansa ma'qul bo'lar edi.

Obama ma'muriyati, xususan, Kubaning mashhur rom va sigaralariga qo'yilgan 100 dollarlik cheklovni bekor qildi.

Ya'ni endi amerikalik sayyohlar faqat 100 dollarlik mahsulot emas, balki undanda ko'p sigara va rom xarid qilib, o'zlari bilan vatanga olib kelishlari mumkin.

Shu bilan birga, Amerika kompaniyalari bundan buyon Kubada ishlangan farmatsevtika mahsulotini xarid qilishi osonlashadi. Amerika qishloq xo'jaligi kompaniyalari esa orol mamlakatga tovar sotishi yengillashadi.

Prezidentlar Barak Obama va Raul Kastro 2014-yilning 17-dekabrida ikki g'anim davlat o'rtasidagi yarim asrlik adovatga yakun yasagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG