Gulnora Karimova, G'arb bizneslari va millionlab dollar pora - tekshiruv jadallashgan

  • Amerika Ovozi

O'zbekistonda biznes qiladigan uch xalqaro mobil shirkati - VimpelCom, MTS va TeliaSonera respulika bozoriga ulkan pora evaziga kirib kelganmi? Jinoiy tergov va jurnalistik tekshiruvlar prezident qizi Gulnora Karimova bu kompaniyalardan kamida 1 milliard dollar pora olganidan darak bermoqda.

O'zbekistonda biznes qiladigan uch xalqaro mobil shirkati - VimpelCom, MTS va TeliaSonera respulika bozoriga ulkan pora evaziga kirib kelganmi? Jinoiy tergov va jurnalistik tekshiruvlar prezident qizi Gulnora Karimova bu kompaniyalardan kamida 1 milliard dollar pora olganidan darak bermoqda.

AQSh Adliya vazirligi Shvetsiyadagi Nordea bankidan O'zbekiston rahbari Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimovaga tegishli hisobdagi 30 million 450 ming dollarni muzlatib qo'yishni so'ragan va rasmiylarning tasdiqlashicha, bu iltimos qondiriladi.

Gap "Takilant Limited" firmasi haqida ketmoqda. 20-mart kuni Nyu-Yorkdagi federal sud mablag'ni musodara qilishni buyurgan.

O'zbekistonda biznes qiladigan uch xalqaro mobil shirkati - VimpelCom, MTS va TeliaSonera respublika bozoriga ulkan pora evaziga kirib kelganmi?

Shu paytgacha olib borilgan jinoiy tergov va jurnalistik tekshiruvlar prezident qizi bu kompaniyalardan kamida 1 milliard dollar pora olgani haqida darak bermoqda.

AQSh olib borgan tergov shuni ko'rsatganki, uchala kompaniya ham O'zbekistonga kirish uchun pora bergan va bu mablag' turli jinoiy sxemalar orqali boshqa davlatlarda yashirilgan, jumladan Shvetsiyada.

Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani yoritish loyihasi (OCCRP) yaqinda e'lon qilgan hisobotida yuqoridagi da'voni isbotlovchi daliliy hujjatlarni keltiradi.

Shvetsiya tergovchilariga ko'ra, bu jurnalistik tekshiruvlar ular qo'lidagi ma'lumotlar bilan hamohang.

Xalqaro tergov chuqurlashar ekan, Shveytsariyada Gulnora Karimovaga aloqador bank hisoblarida 900 million dollar muzlatib qo'yilgan.

Fransiyada prezident qizining katta qiymatga ega mulklari musodara etilgan, xususan kvartira va qasr.

Vatanda Gulnora Karimova, 2014-yilning sentabrida Bosh prokuratura bergan ma'lumotlarga ko'ra, uyushgan jinoyatchilikda gumon qilinadi, biroq u aynan nimada ayblanayapti yoki ayblanishi mumkin, bu haqda hech qanday axborot mavjud emas.

Gulnora Karimova o'tgan yilning fevral oyidan beri uy qamog'ida ekani aytiladi, biroq bu ham rasman tan olinmagan.

O'zbekiston hukumati Yevropa davlatlari, qolaversa Qo'shma Shtatlar bilan qanchalik hamkorlik qilmoqda? G'arb rasmiylarining aytishicha, tergov bilan bog'liq iltimoslar qondirilmagan.

Korrupsiya va inson huquqlari buzilishi bir-biriga chambarchas bog'liqdir, deya tanqid qilib keladigan xalqaro tashkilot "Human Rights Watch" Islom Karimov va uning ma'muriyatini xalqaro tergovda hamkorlik qilib, haqiqatning tagiga yetishga chaqirmoqda.

AQSh Adliya vazirligi

AQSh Adliya vazirligi

AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasi

AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasi

"O'zbekistonning huquqbuzar hukumati tashqi dunyo tanqidini inkor etib, o'zini adolatparvar tuzum deya ta'riflaydi. Qani, Yevropa tergovchilari bilan ishlang, chuqur ildiz otgan jinoyatni fosh etishda hissa qo'shing", - deya undaydi Stiv Sverdlov.

Yuqorida nomi tilga olingan uch kompaniya Amerika bizneslari emas, ular Yevropa va Rossiyada asoslangan. Biroq ularning qimmatbaho qog'ozlari Nyu-Yorkdagi birjalarda sotiladi va shu tariqa AQSh moliyaviy tizimining bir qismi.

Aynan shu sabab Adliya vazirligi hamda AQSh Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi bu bizneslarning qilmishlari va ular bilan bog'liq jinoiy ishlarga jiddiy e'tibor qaratmoqda.

O'zbekiston bozoriga o'z shaxsiy mulki sifatida qaragani gumon qiinadigan Gulnora Karimovaning kirdikorlari siz o'ylagandan ham murakkabroq ko'rinishga ega, deya ma'lum qiladi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani yoritish loyihasi.

"Ozodlik" radiosi bilan hamkorlikda olib borilgan tekshiruv xulosalarini mana bu yerda o'zbek tilida o'qish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG