Toshkentda Amerika Ovozi muxbirining sudi boshlandi

  • Amerika Ovozi

Malik Mansur taxallusi ostida qalam tebratgan Abdumalik Bobayevni professional va mas'uliyatli jurnalist deb hisoblovchi "Amerika Ovozi" nazarida u o'z kasbi va ijodi uchun jazolanmasligi lozim.

Malik Mansur taxallusi ostida qalam tebratgan Abdumalik Bobayevni professional va mas'uliyatli jurnalist deb hisoblovchi "Amerika Ovozi" nazarida u o'z kasbi va ijodi uchun jazolanmasligi lozim.

"Amerika Ovozi" O'zbek xizmati jamoatchi muxbiri Abdumalik Bobayevning sudi payshanba kuni Toshkentda boshlandi.

Qo'shma Shtatlar hukumati Bobayevga jinoiy ayblar qo'yilib, sudga tortilayotganidan tashvishda. Bu O'zbekistonda matbuot erkinligi qanchalik cheklanganini namoyon etadi.

Vashington masala yuzasidan O'zbekiston hukumatiga o'z xavotirini bildirgan. Diplomatlarning aytishicha tomonlar muzokarada.

Davlat departamenti so'zlovchisi Maykl Tren (Michael Tran) so'zlariga ko'ra, ayblov xulosasidan shu ayonki, jurnalist yozgan maqolalari uchun nishonga olinmoqda.

"Biz O'zbekiston hukumati bilan bu masala yuzasidan gaplashayapmiz va vaziyatni yaqindan kuzatib turibmiz",- deydi rasmiy.

Toshkent shahar prokuraturasi Abdumalik Bobayevni o'z maqolalari orqali tuhmat va haqorat qilganlikda va jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid solganlikda ayblamoqda. Unga qo'yilayotgan yana bir ayb chegarani noqonuniy kesib o'tganlikdir.

Toshkentda Amerika Ovozi muxbirining sudi boshlandi

Toshkentda Amerika Ovozi muxbirining sudi boshlandi

Bobayev Qozog'istonga borib kelayotganida pasportiga chegarachilar aybi bilan bir shtamp bosilmagani va bu xatodan uning o'zi xabarsiz bo'lgani, hatto rasmiylar ham buni ancha paytgacha ko'rmay, keyinchalik anglaganini aytadi. Bu pasport bilan muxbirimiz chet elga chiqib kelgan.

“Chegarani noqununiy kesib o’tmaganimga ishonchim komil. O’zbekistonga kirganim haqidagi shtamp chegara postidan o’tgan paytimda qanday sababga ko’ra pasportimga tushmay qolganida meni aybdor hisoblash haqiqatga to’g’ri kelmaydi”, - deydi Abdumalik Bobayev.

Prokuratura bergan 12 betlik ayblov xulosasida Bobayevning materiallari "xavfli" deya ta'riflanib, bir nechasi misol taqriqasida keltiriladi.

Xususan uning o'tgan yilning sentabrida efirga berilgan "O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz asoratlarini yashirib bo'lmaydi", "O'zbekistonda bepul tibbiy xizmat faqat qog'ozda" yoki "Bugungi mehnatkash ham himoya, ham dashnomga loyiq" degan mazmundagi lavhalari.

Shuningdek, prokuratura xulosasida, muxbirimizning O'zbekistonda sarmoya uchun qanday imkoniyatlar va to'siqlar mavjud ekanligi haqidagi maqolalari, qolaversa o'zbek paxtasi huzurini kim ko'rishi yoki respublika banklari oldidagi mashaqqatlar xususidagi reportajlari ham asossiz deb talqin qilinib, u bilan gaplashgan ekspertlar, tahlilchi va oddiy fuqarolar yolg'on va uydirma tarqatganlikda qoralanadi.

“Shuni aniq aytishim mumkinki, men o’z faoliyatim davomida “Amerika Ovozi” jurnalistik prinsiplariga muvofiq maqolalarimda imkon qadar turli tomonlarning fikr-mulohazalarini aks ettirishga harakat qilganman. Ayblov xulosasida keltirilgan bu maqolalar radio veb sahifasida turibdi, istagan odam ularni o’qib o’zi xulosa chiqarishi mumkin”, - deydi "Amerika Ovozi" muxbiri.

Bobayev shtatsiz muxbir sifatida ishlagan bo'lsa-da, Tashqi ishlar vazirligida ro'yxatdan o'tishga bir necha bor harakat qilgan, ammo iltimoslari javobsiz qoldirilgan.

Malik Mansur taxallusi ostida qalam tebratgan Abdumalik Bobayevni professional va mas'uliyatli jurnalist deb hisoblovchi "Amerika Ovozi" nazarida u o'z kasbi va ijodi uchun jazolanmasligi lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG