Pentagon rahbari: Armiya kichrayishi kerak

  • Amerika Ovozi

Hilmand, Afg'oniston. 11-sentabr xurujidan keyin Amerika askarlari soni 570 mingga oshgan edi. Endi 440-450 mingga tushadi.

Hilmand, Afg'oniston. 11-sentabr xurujidan keyin Amerika askarlari soni 570 mingga oshgan edi. Endi 440-450 mingga tushadi.

Amerika Mudofaa vaziri Chak Xeygl armiyani kichraytirishni taklif qilmoqda. Ikkinchi jahon urushidan beri eng katta qisqarish bo’ladigan.

Obama ma’muriyati ixcham va tezkor armiya tarafdori. Mudofaa vaziri Chak Xeygl shunga doir byudjet rejasini tanishtirdi. O’zgarish davri keldi, deydi u.

Pentagon reallikdan kelib chiqqan holda, harbiy sarfiyatni 496 milliard dollarga tushirishi kerak. Iroq va Afg’onistondagi urushlar avjiga chiqqanida xarj salkam 700 milliard dollar edi.

“Mamlakat tarixidagi eng uzun mojaro, 13 yillik urush, poyoniga yetayapti. Mudofaa vazirligi byudjetni shunga moslashi kerak”, - deydi u.

Lekin xarajat oxirgi urushlardan ancha oldingi ko’rsatkichga tushishi kutilmoqda.

Misol uchun, Pentagon sovuq urush davridan qolgan qiruvchi samolyotlardan qutulmoqchi. A-10 rusumli samolyotlar sovet tanklarini urishga mo’ljallangan edi. 11-sentabr xurujidan keyin askarlar soni 570 mingga oshgan edi. Endi 440-450 mingga tushadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida armiya taxminan o’shancha edi.

Shu bilan birga, Pentagonning e’tibori endi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida bo’ladi. Kiber-hujumlardan mudofaa uchun sarmoya oshiriladi.

“Qo’shinlar son jihatdan qisqarishi kerak. Bu zaxiradagi kuchlarga va bugun xizmat qilayotgan askarlarga taalluqli. Harbiy salohiyat, tayyorgarlik, texnologik malakamizni oshirishimiz lozim”.

Ayrim generallar Xeyglning fikriga qo’shilmaydi. Ikki urushni eplash uchun hali ham kattagina qo’shin zarur, deb hisoblaydi ular. Bu generallar askarlarga atalgan imtiyozlar va yordamni qisqartirishga ham qarshi.

Xeyglning rejasi Kongressda ma’qullanishi kerak. Ba’zi qonunchilar qurolli kuchlar safini qisqartirishga qarshi chiqib, armiya zaiflashadi, deyishi aniq. Ular nazarida raqib Xitoy harbiy jihatdan kuchga to’layotgan, Yaqin Sharq, Afrika va Janubiy Osiyoda jangarilar faol bir pallada armiyani kichraytirish to’g’ri emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG