Breaking News

Vashingtonda deportatsiyaga qarshi namoyish


Muhojirlar huquqlari himoyachilari prezident Obamani noqonuniy immigrantlarni deportatsiya qilishni to’xtatishga chaqirmoqda. Shu munosabat bilan Vashingtonda o’tkazilgan chiqishda ayrim faollar hibsga olingan.
Deportatsiyaga qarshi faollar, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00
Yuklab oling
Diniy va fuqarolik huquqlari faollari noqonuniy muhojirlar bilan birgalikda Oq uy yaqinida namoyish o’tkazdi. Ular prezident Obamani oilalarni parokanda qilayotgan deportatsiyalarni to’xtatishga chaqirdi.

Metodistlar cherkovi ruhoniysi Julius Trimblning aytishicha, immigratsiya islohoti insoniy qadriyatlarga asoslanishi va fuqarolik sari yo’l ochishi kerak.

“Hibsga olingan va deportatsiya qilingan odamlarning aksariyati hech qanday jinoyat sodir qilmagan. Shunchaki, ularning hujjati yo’q. Aslida ular bizning qo’shnilarimiz, cherkovimiz a’zolari va jamiyatimizda biznes qilayotgan odamlardir”, - deydi u.

Jerardo Torres hujjatsiz muhojirlardan biri. U asli meksikalik. Ammo 20 yildan beri Arizona shtatida yashayotganini aytadi.

“O’z mamlakatimga borib, oilamni ko’rishni, harakat qilish erkinligiga ega bo’lishni xohlayman. Istagim faqat shu”, - deydi u.

Vashingtondagi namoyishchilar Oq uyga yaqinlashgach , politsiya ularning ayrimlarini hibsga oldi.

Immigratsiya bo’yicha tadqiqot markazi xodimi Jessika Vonning aytishicha, immigratsiya qonunida odamlarning mamlakatga noqonuniy kirganiga emas, balki AQShning iqtisodiy ehtijoylariga e’tibor qaratilishi kerak.

Ayni paytda deporatsiyalarni to’xtatish Obama uchun to’g’ri qaror emas, deydi u.

“Bu nafaqat nojo’ya siyosiy qadam bo’ladi, balki jamoatchilik xavfsizligi, milliy xavfsizlik hamda immigratsiya bo’yicha huquq-tartibot xodimlari uchun noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin”, - deydi tadqiqotchi.

2009-yil Obama prezidentlikka kelgandan beri 1,9 million hujjatsiz muhojir mamlakatdan haydaldi. Hozirgi deportatsiya darajasi avvalgi prezident Jorj Bush davriga qaraganda ancha yuqori.

Noyabr oyida San-Fransiskoda bo’lib o’tgan uchrashuvda huquq faollari Obamaga immigratsiya bo’yicha o’z fikrlarini aytish imkoniga ega bo’ldi.

Obama esa ko’p narsa Kongressga bog’liq ekanini aytadi.

“Kongressda qonun qabul qilmasdan turib bu muammolarni hal qilish imkoni bo’lganda, men shunday qilgan bo’lardim. Ammo bizda qonun ustuvorligi bor. Bu an’analarimizning bir qismi”, - deydi Obama.

O’tgan yili immigratsiya islohotiga oid qonun Senat tasdig’idan o’tgan edi. Ammo u quyi palatada to’xtab qoldi.

Vakillar palatasi Spikeri Jon Beynerga ko’ra, yangi qonun bu yil ham qabul qilinmasligi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG