AQShda issiq va quruq havo ekinlarni barbod qilmoqda

  • Amerika Ovozi

US drought and crops 2

US drought and crops 2

Bu yil AQShda yoz ba’goyat issiq va yog’ingarchiliksiz o’tmoqda. Dehqonlar hosil oz bo’ladi deya xavotirda. Loviya va makkajo’xori kabi mahsulotlarining narxi oshishi kutilmoqda. Bu esa AQShdan ko’ra dunyoning rivojlanayotgan o’lkalariga ko’proq salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Jazirama iyul oyi… Agronom Terri Roggensakning aytishicha, bu yil amerikalik dehqonlar uchun ancha qiyin bo’ladi.

“1988-yildan beri eng quruq bo’lgan yillardan biri. Bunday muhit makkajo’xori va loviya juda sekin o’sadi”,- deydi u.

Quruq va issiq ob-havo ekinlar kushandasi. Bu yil fermer Met Xyus hosilining uchdan bir qismini boy berishi mumkin.

“Odamning hafsalasini pir qiladigan qurg’oqchilik bo’lyapti. Loviya juda sekin o’syapti. Ko’p vaqt sarflaganmiz, mehnat qilganmiz. Hammasi bir pul bo’ladiganga o’xshaydi”.

Hosil kam bo’lsa, tabiiyki, narxlar oshadi. Makkajo’xori may oyidan beri allaqachon 30 foizga qimmatlagan. Loviya narxi esa 20 foizga o’sgan. Bu degani, non, go’sht va sut mahsulotlari ham qimmat bo’ladi.

Iqtisodchi Shrinivas Tiruvadantay deydiki, bu global muammo.

“Dunyoda cho’chqa go’shtini eng ko’p iste’mol qiluvchi Xitoyni olaylik. Bu yerda go’sht narxi cho’chqa iste’mol qiladigan mahsulot narxiga bog’liq”,- deydi u.

Osiyo mamlakatlaridan Yaqin Sharqqacha… Hatto oziq-ovqat bobida mustaqilmiz degan davlatlar ham bundan chetda qolmaydi, deydi mutaxassis.

“Masalan, Hindiston. Bu davlat, odatda, shakar eksport qiladi. Dunyoning eng katta shakar ishlab chiqaruvchisi bo’lishiga qaramay, qiyin kelgan yillarda uni sotib olishga majbur bo’ladi. Chunki u shakarning eng katta iste’molchisi hamdir. Hindiston bu mahsulotni sotib oldimi, bilingki, jahon bozori beqaror”,- deydi Tiruvadantay.

Iqtisodiy va siyosiy beqarorlik ham oziq-ovqat ta’minotini izdan chiqaradi. Agar mavsum ana shunday issiq va yog’ingarchliksiz davom etsa, iqtisodchi Tiruvadantay fikricha, dunyo bo’ylab oziq-ovqat narxi yanada oshadi. Uni chetdan sotib oladigan, xorijga qaram davlatlar, ayniqsa, bundan ko’p aziyat chekadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG