Breaking News

Amerikaning oqsayotgan iqtisodiyotiga yana bir zarba


Amerikaning oqsayotgan iqtisodiyotiga yana bir zarba
Amerikaning oqsayotgan iqtisodiyotiga yana bir zarba

Amerikada millionlab odamlar hamon ishsiz va iqtisodiyot yuzasidan bahsning asosiy mavzularidan biri ham shu.

Xalqqa haftalik murojaatida prezident Barak Obama “oldimizda turgan ustuvor vazifa – iqtisodiy o’sish va yangi ish o’rinlarini ta’minlash” dedi.

U Kongressdagi demokratlar va respublikachilarni tortishuvni bas qilib, kelishib ishlashga chaqirmoqda. Obama ishchi va o’rtahol oilalar uchun soliqlarni kamaytirish haqida gapirdi.

Respublikachilar fikricha esa mehnat bozori haqidagi so’nggi hisobotdan, ya’ni bir oyda bor-yo’g’i 117 ming yangi ish o’rni paydo bo’lganidan bilish mumkinki, Obamaning siyosati samarasiz.

Amerikaning oqsayotgan iqtisodiyotiga yana bir zarba
Amerikaning oqsayotgan iqtisodiyotiga yana bir zarba

Hisobotga qaraganda, AQShda ishsizlik darajasi salgina kamaygan. Lekin, deydi mutaxassislar, buni hech yerga o’rnasha olmayotgan fuqarolar taslim bo’lib, xizmat joyi qidirmay qo’ygani bilan ham izohlash mumkin. Amerikadagi qoidaga ko’ra, ish izlab yurgan odamlargina ishsizlar sirasiga kiradi.

Bu orada, Qo’shma Shtatlar tarixda ilk bor “a’lo” degan kredit reytingidan ayrildi. Bu bilan, jahonning eng yirik va qudratli iqtisodiyotiga bo’lgan ishonch bir qadar pasaydi, deydi ekspertlar.

Amerika bundan buyon qarz uchun ko’proq foiz to’lashiga to’g’ri keladi. O’z navbatida fuqarolarning ham kredit olishi qiyinlashadi.

Moliya sohasida yetakchi “Standard & Poors” agentligi AQSh reytingini tushirish qarorini Vashingtondagi siyosiy muhit hamda mamlakat qarzini kamaytirish borasida yetarli chora ko’rilmayotgani bilan izohlaydi.

Amerikaning oqsayotgan iqtisodiyotiga yana bir zarba
Amerikaning oqsayotgan iqtisodiyotiga yana bir zarba

“Amerikaning moliya tizimi avvalgidek effektiv va barqaror emas. Siyosatchilari muammoni yechish o’rniga partiyabozlik va tarafkashlikka berilgan. Bunday sharoitda hukumatdan aniq va qat’iy qadamlar kutish qiyin”, - deyiladi agentlik bayonotida.

Davlat qarzi bu yili 15 trillion dollardan oshadi. Achchiq bahslar ketidan, respublikachi va demokratlar xarajatni kelasi 10 yilda ikki trillionga kamaytirishga kelishgan. “Standard & Poors” agentligi nazarida bu yetarli emas.

Buning ustiga, Kongressda ovozdan o’tgan hujjatda qo’shimcha daromad haqida hech narsa deyilmagan. Badavlat fuqarolar ko’proq soliq to’lasin degan taklifga respublikachilar keskin qarshi.

AQShning yirik kreditori bo’lmish Xitoy Vashingtonni siyosiy kaltabinlik hamda qarz olishga ruju qo’yganlikda tanqid qilmoqda. Rasmiy Pekin dollarga muqobil yangi valyuta joriy etish kerak, deb chiqayapti.

XS
SM
MD
LG