AQSh Misrda hokimiyat o’zgarib, haqiqiy demokratiya qaror topishi tarafdori


AQSh Misrda hokimiyat o’zgarib, haqiqiy demokratiya qaror topishi tarafdori

AQSh Misrda hokimiyat o’zgarib, haqiqiy demokratiya qaror topishi tarafdori

Qo’shma Shtatlar Misr hukumati va armiyasini hokimiyat tinch yo’l bilan o’zgarishi uchun zarur choralarni ko’rishga chaqirmoqda.

“Vaziyat murakkab va har daqiqa o’zgarib boryapti. Erkin va adolatli saylovlar o’tkazib, haqiqiy demokratiyaga yo’l ochish kerak”, - deydi Xillari Klinton, Amerika Davlat kotibasi.

Obama ma’muriyati, shu tariqa, mintaqadagi yaqin ittifoqchisi, prezident Husni Muborak iste’fo berishi kerakligiga ishora qilmoqda.

Prezident Husni Muborak yangi tayinlangan vitse-prezident Umar Sulaymon bilan (o'ngda), Misr Davlat televideniyesidan olingan tasvir, 30 yanvar 2011

Prezident Husni Muborak yangi tayinlangan vitse-prezident Umar Sulaymon bilan (o'ngda), Misr Davlat televideniyesidan olingan tasvir, 30 yanvar 2011

Misr AQShdan eng ko’p yordam oladigan davlatlardan biri. Xillari Klintonning aytishicha, hozircha bu yordamni kesish haqida gap ketayotgani yo’q.

Bugun namoyishlarning oltinchi kuni. Qohira markazi, Tahrir (Ozodlik) maydonida o’n minglab odamlar prezident Husni Muborak iste’fosini talab qilishda davom etyapti.

Qohira, Aleksandriya va boshqa shaharlarda minglab mahbuslar qamoqdan qochgan, jumladan eng yirik muxolif guruh – Musulmon Birodarlar siyosiy harakatining 34 a’zosi.

Hukumat yirik shaharlarga tank va boshqa zirxli texnika bilan qurollangan zobitlarni safarbar etgan bo’lsa-da, ular g’alayonni bostirishga kirishgani kuzatilmayapti.

Qohira, 30 yanvar 2011

Qohira, 30 yanvar 2011

Harbiylar asosan hukumat idoralari, bank va vazirliklar, talon-taroj qilingan muzey va tarixiy obidalarni qo’riqlash bilan band. Fuqarolar ham mol-mulki va bizneslarini himoya qilish uchun ko’ngilli guruhlar, drujinalar tuzishgan.

Internet va boshqa aloqa vositalari to’silgan. Shuningdek, Misrdagi g’alayonni keng yoritayotgan xorijiy kanallar, jumladan “Al-Jazira” arab telekanalining Qohiradagi idorasi yopilgan.

Misrni 30 dan yildan beri boshqarib kelayotgan, 82 yoshli Muborak o’g’lini vorislikka tayinlashi kutilayotgan edi. Kecha razvedka idorasi rahbari Umar Sulaymon vitse-prezident etib tayinlangan. Kuzatuvchilar fikricha, Muborak hokimiyatni unga topshirishga taraddud ko’rayotgan bo’lishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, davlat rahbari bugun harbiylar bilan uchrashib, vaziyatni muhokama qilmoqda.

AQSh Misrda hokimiyat o’zgarib, haqiqiy demokratiya qaror topishi tarafdori

AQSh Misrda hokimiyat o’zgarib, haqiqiy demokratiya qaror topishi tarafdori

Muxolifatga boshchilik qilish uchun yaqinda vatanga qaytgan arbob, Muhammad el-Baradey deydiki, Muborak iste’fo bersagina mamlakat tinchlanishi mumkin.

“Diktatura va repressiv tuzumdan to’ygan xalq erkin va demokratik jamiyatda yashashni istaydi”, - deydi el-Baradey, Xalqaro Atom Boshqarmasi sobiq rahbari.

Musulmon Birodarlar harakati muxolif guruhlarni birlashib, muvaqqat hukumat tuzish uchun muzokara boshlashga chaqiryapti. Muhammad el-Baradey bu jarayonga boshchilik qilishi kutilyapti.

Xavsizlik kuchlari bilan to’qnashuvlarda hozirgacha 100 dan ziyod odam halok bo’lgan.

AQSh, Turkiya va Iroq o’z fuqarolarini Misrdan evakuatsiya qilmoqda. AQSh prezidenti Barak Obama ittifoqchisini va’da qilingan islohotlarni amalga oshirishga, namoyishchilarga qarshi kuch qo’llamaslikka undayapti.

Qo’shni davlatlarning Misrdagi voqealarga munosabati turlicha. Eron nazarida, namoyishchilarning “asosli talablari” inobatga olinishi lozim.

Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla Misr rahbarini quvvatlab, qo’zg’olonchilar beqarorlik urug’ini sochish uchun chetdan yuborilgan, deydi.

Isroil Bosh vaziri Benyamnin Netanyahu Misrdagi voqealarni yaqindan kuzatib turganini aytgan. Yahudiy davlati arab qo’shnisi bilan do’stona munosabatlarni saqlab qolishga umid bog’lagan.

XS
SM
MD
LG