Breaking News

Amerika saylovlari necha pulga tushadi?


Amerikada prezidentlikka saylanish arzon emas. Bu galgi saylovlarda nomzodlar bir milliard dollardan ko’p pul ko’tarishga muvaffaq bo’ldi.

Masalan, Xillari Klinton 370 million dollar, demokrat nomzodlar esa jami 600 million dollar ko’tardi.

Donald Tramp saylov kampaniyasiga 165 million dollar, respublikachi nomzodlar hisobiga jami 470 million dollar tushdi.

Bu pullar qanday sarflanadi? Klinton saylov shtabi xodimlarining maoshi bir oyda 5 million dollardan ko’p deb baholanmoqda. Klinton siyosiy reklamaga 225 million, Tramp esa atigi 30 million dollar sarfladi.

1789-yil saylov kampaniyasi uchun Jorj Vashington 39 funt 6 shilling, ya’ni bugungi pulga hisoblaganda bir necha ming dollar sarflab, g’alaba qozongan edi.

Amerika tarixidagi eng qimmat saylov 2012-yilgisi bo’ldi – 7 milliard dollar. Prezident Obama o’shanda g’olib bo’lgan.

Shuncha pul qayerdan keladi?

Bir qismini oddiy saylovchilar xayriya qiladi, turli manfaat guruhlaridan ko’p pul tushadi, siyosiy partiyalarning o’zlari ham mablag’ ajratadi. Saylov xarajatlarining oz qismi soliqlar hisobiga qoplanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG