Saylov-2012: Mitt Romni nomzodlik tomon ildam qadamlar tashlamoqda

  • Amerika Ovozi

Mitt Romni Viskonsinda g'alaba qozongani e'lon qilinganida

Mitt Romni Viskonsinda g'alaba qozongani e'lon qilinganida

Seshanba kuni poytaxt Vashington joylashgan Kolumbiya okrugi hamda Merilend va Viskonsin shtatlarida saylovlar bo'lib o'tdi.

Respublikachilar orasidan prezidentlikka da'vogarlar saralandi. Uch hududda ham Massachussetts shtati sobiq gubernatori Mitt Romni g’alaba qozongan.

Bu bilan uning noyabr oyida amaldagi prezident Barak Obama bilan Oq Uy uchun bellashish imkoniyati yanada oshdi.

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka asosiy nomzod bo'lish uchun da'vogar jami 1144 delegat ovozini olishi kerak.

Romnining asosiy raqiblari - Pensilvaniyadan sobiq senator Rik Santorum, sobiq spiker Nyut Gingrich va Texasdan kongressmen Ron Pol. Ular poygani tark etmoqchi emas.

Yagona nomzod etib aynan Romnining tanlanishiga prezident Obama ham ishonayotgan ko’rinadi.

Oq uy asosan Romni platformasini nishonga olmoqda. Prezident fikricha Romni taklif qilayotgan byudjet rejasi real talab va vaziyatdan yiroq. Hozir Amerikaga radikal o'zgarishlar kerak emas, deydi Obama.

Prezident iqtisodiyot ancha oyoqqa turganiga urg'u berib, qayta saylanishga bel bog'laganini ta'kidlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG