Amerikada saylovlar: Respublikachilar yoki Demokratlar?

  • Amerika Ovozi

Vakillar Palatasi a’zolari ikki yilga saylanadi, senatorlar esa olti yilga. BU degani har ikki yilda Vakillar Palatasidagi 435 a’zo, Senatning esa uchdan biri yangilanishi yoki qayta saylanishi mumkin. Bu yil 37 shtatda senatorlik va gubernatorlik uchun k

Vakillar Palatasi a’zolari ikki yilga saylanadi, senatorlar esa olti yilga. BU degani har ikki yilda Vakillar Palatasidagi 435 a’zo, Senatning esa uchdan biri yangilanishi yoki qayta saylanishi mumkin. Bu yil 37 shtatda senatorlik va gubernatorlik uchun k

Ertaga Amerikada saylovlar. Respublikachilar g’alaba ular tomonda ekanini da’vo qilsa, 2006 yildan beri Kongressda hukmron demokratlar “o’rinlarni boy bermaymiz” deya bong urmoqda.

Prezident Barak Obama dam olish kunlarini yo’lda o’tkazdi. Ogayo shtatining Klivlend shahrida saylovchilar oldida so’zlar ekan, ishsizlik va iqtisodiy yetishmovchilik vaqtinchalik muammolar deya hayqirdi. Vaziyat albatta yaxshilanadi, deydi u.

“Bilaman, men saylanganimda hammangiz umidga to’lgan edingiz. Mamlakatimiz bo’ylab shod-xurramlik hukm surgan edi. Bir tomonda Beyonse, ikkinchi tomonda esa Bono qo’shiqlar aytib, rosa o’ynab kulgan edik. Lekin mana hozir menga bir qarang. Sochlarimga oq tushib, ikki yilda ancha keksaydim. Mamlakatni boshqarish oson emas”, - deydi prezident Obama.

"Men hayotingizni yaxshilash uchun qo’ldan kelgan barcha choralarni ko’rayapman. Demokratlarga yo’q demang, ular faqat sizning manfaatingizni ko’zlaydi”,- deydi prezident.

Ogayo Amerikaning eng yirik shtatlaridan biri. Kongress uchunmi yoki prezidentlik saylovi, natijani hal qiluvchi muhim shtat. Lekin bu yerda ham demokratlar qonunchilik o’rinlarini respublikachilarga boy berishi mumkin.

Reytinglar shundan dalolat bermoqdaki, ertangi saylovda 435 o’rinli Vakillar Palatasi butunlay respublikachilar qo’liga o’tishi, 100 o’rinli Senatda esa demokratlar bir amallab ko’pchilik o’rinni saqlab qolishi mumkin.

Sara Peylin, ko’zga ko’ringan respublikachi, 2008 yilda vitse-prezidentlikka ko’rsatilgan arbob “Ertaga Amerika xalqi prezident Obamaga qattiq ogohlantirish beradi”, - deydi.

“Siyosiy zilzila bo’ladi ertaga. Liberal siyosatchilar jazosini oladi. Ishni eplolmaganini tushunadi. Chunki amerikaliklar uyg’onmoqda. Ularga vakolati cheksiz hukumat kerak emas. Effektiv boshqaruv kerak”, - deydi Sara Peylin.

Respublikachilar shu tariqa prezident Obama va uning safdoshlarini iqtisodni tiklay olmaganlikda ayblamoqda.

Demokratik partiya raisi Tim Keyn bu ayblovlar asossiz deydi. Respublikachilar uning nazarida faqat gap sotish bilan band, amalda biror chora taklif qilayotgani yo’q.

“Bu shunday saylovki, xalq unda yo iqtisodni botqoqdan olib chiqishga harakat qilayotgan demokratlarga, yo iqtisodni uzoq yillar davomida mana shu botqoqqa botirgan respublikachilarga ovoz beradi”, - deydi Tim Keyn.

Uning fikricha demokrat qonunchilar haqiqatan ham ayrim shtatlarda qayta saylana olmasligi mumkin.

“Lekin har ikki palatada ko’pchilik o’rinni saqlab qolishimizga ishonaman”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG