Oq uyga ko'z tikkan respublikachilar targ'ibotni boshlab yuborgan

  • Amerika Ovozi

Respublikachilar Partiyasi

Respublikachilar Partiyasi

Amerikada saylov mavsumi pul jamg’arish bilan boshlanadi. 2016-yilgi prezident saylovlarida qatnashish uchun hali hech kim o’z nomzodini e’lon qilmagan lekin bir necha arbob harakatda, chunki donorlarning ko’nglini ovlash kerak. Oq uy uchun poyga axir yuzlab million dollarga tushadi.

Merilend shtatida kechgan yig’inda Viskonsin shtati gubernatori Skott Voker konservativ biznes doiralarga o’zini tanishtirdi.

Prezident Barak Obama, uning fikricha, noqobil rahbar, “Islomiy davlat” dek dushmanning vujudga kelishi aynan Obamaning aybi.

“Bizga haqiqiy prezident kerak; imillab harakat qiladigan emas, xavfga tik qarab, uni mamlakatimizga yetib kelmasdanoq bartaraf etadigan lider, bolalarimiz va nabiralarimiz tinchligini o’ylaydigan",- deydi Obama.

Florida sobiq gubernatori Jeb Bush Amerikaning tobora boyib borayotgan demografiyasiga urg’u berib, turli elat va din vakillari bilan ishlash kerak, dedi.

“Yangi fuqarolar orasida o’z mafkuramizni yaxshiroq targ’ib qilib, qadriyat va hayot tarzimizni tushuntirib, ularni o’zimizga ergashtirimiz kerak. Lotin amerikaliklar ovozisiz hech kim prezident bo’lolmaydi”m - deydi Bush.

Kentuki shtatidan senator Rend Pol nazarida esa AQSh o’z tashqi siyosatida harbiy kuchni kamroq ishlatishi kerak.

“AQSh harbiy jihatdan eng qudratli davlat bo’lib qoladi. Biroq manfaatlarni boshqa yo’llar bilan himoya qilaylik”,- deydi Pol.

Texas shtatidan senator Ted Kruz e’tiborni immigratsiya islohotiga qaratib, partiyadoshlarini uni to’xtatishga chaqirdi.

“Biror nomzod Obamaning bugungi siyosatini o’zgartira oladimi? Qani, kim buni eplaydi? Oq uy maxsus farmonlar chiqarib, bosh qomusni buzmoqda axir”,- deydi Kruz.

Prezident Obama esa o’z vakolati doirasida ishlayotganini aytadi. Respublikachi arboblarni tinglagan Rena Kennon Janubiy Karolina shtati vakili.

“Ted Cruz. U nomzod bo’lishi kerak va prezidentlikka saylasak arziydi. Irodasi kuchli shaxs, nazarimda”,- deydi Obama.

Bunday yig’inlar respublikachi faollarga ko’p narsani o’rgatadi, deydi Skotti Nell Xyuz. U “Choychilar”, eng konservativ qatlam, vakili.

“Bir joyga yig’ilib, Oq uyni ko’zlayotgan odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilayapmiz. O’z qarashlarimizni ularga aytayapmiz. Bizga nisbatan tanqid kuchli. Bu muhitda o’zimizga ishonchni boy bermasligimiz kerak. Mana, boshqalarni eshitib, ilm va quvvat olayapman. O’z pozitsiyamizni aslo o’zgartirmaymiz”,- deydi Xyuz.

“Choychilar” hukumatning rolini har jihatdan pasaytirishni talab qilib keladi. Ular kimni yoqlashi hozircha noma’lum, deydi tahlilchi Den Balz.

“Hozir hamma bir-birining gapini yaxshilab eshitayotgan payt chunki respublikachilar keyingi prezident ulardan chiqishini xohlaydi va nomzodni to’g’ri tanlash kerak. Da’vogar odamlar ishonchini qozonishi lozim”,- deydi Balz.

Prezidentlik uchun poyga yil oxiriga borib qizg’in pallaga kiradi. Kelasi yilning boshidan esa saralash jarayoni boshlanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG