Tramp Sanders tarafdorlarini Chikagodagi yig'inni izdan chiqarish harakatida aybladi

  • Amerika Ovozi

Donald Trampning Chikagodagi namoyishida tartibsizlik, 11-mart, 2016-yil

Donald Trampning Chikagodagi namoyishida tartibsizlik, 11-mart, 2016-yil

AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da’vogar Donald Tramp demokrat-nomzod Berni Sanders va uning tarafdorlarini Chikagodagi namoyishni o’tkazishga halaqit berganlikda aybladi.

Juma kungi mitingda Tramp tarafdorlari qarshi tomon bilan mushtlashib, politsiya aralashishga majbur bo’ldi, besh kishi hibsga olingan.

Bir kun o’tib Sanders bayonot chiqarib, voqeaga aloqasi yo’qligini aytdi.

"Zo’ravonlikka Trampning latinolar, musulmonlar, ayollar, nogironlarga qarshi qaratilgan hamda adovatga to’la izohlari sabab bo’lmoqda”, - deyiladi bayonotda.

Prezident Barak Obama ham Trampning saylov kampaniyasini olib borish uslubini tanqid qildi. Unga ko’ra, prezidentlikka da’vogar haqorat yoki yolg’onlarga tayanmasligi, odamlarni irqi va diniga qarab ajratmasligi kerak.

Trampning respublikachi raqiblari uni zo’ravonliklarni qo’zg’atuvchi muhitni yaratayotganlikda aybladi.

"Donald Tramp zararli muhitga sabab bo’lyapti”, - deydi prezidentlikka nomzod, Ogayo gubernatori Jon Keysik.

Tramp respublikachi nomzodlar orasida hozircha peshqadam. Ammo Vayoming shtatidagi shanba kungi tanlovda marraga uchinchi bo’lib keldi. Texaslik senator Ted Kruz g’olib bo’ldi, floridalik senator Marko Rubio esa ikkinchi o’rinni egalladi.

Tramp shanba kuni poytaxt Vashingtondagi tanlovda ham uchinchi o’rinni egalladi. Rubio – g’olib, Keysik esa keyingi pog’onada.

Seshanba kuni besh shtatda saylovlar o’tkaziladi – Florida, Ogayo, Illinoys, Missuri va Shimoliy Karolinada.

Ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, Trampning g’alaba qilish imkoniyatlari yuqoriroq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG