Breaking News

Ted Kruz vitse-prezidentlik uchun Karli Fiorinaning nomzodini olg'a surdi


Respublikachilardan prezidentlik uchun nomzod Ted Kruz (o'ngda) Karli Fiorina bilan, 27-aprel, 2016-yil.
Respublikachilardan prezidentlik uchun nomzod Ted Kruz (o'ngda) Karli Fiorina bilan, 27-aprel, 2016-yil.

Amerikada prezidentlik uchun kurashayotgan respublikachi arbob Ted Kruz o'zining vitse-prezidentlik uchun nomzodi etib poygadagi sobiq raqibi, texnologiya sohasida ishlagan ayol Karli Fiorinani tanladi.

Senator Kruz partiyadan yagona nomzodlik uchun poygada milliarder raqibi, respublikachi Donald Trampdan ancha orqada ketyapti. Tramp va demokrat nomzod Hillari Klinton esa boshqa raqiblariga e'tibor bermay, bir-birini nishonga olmoqda.

Kruz fikricha, Karli Fiorina tajribali, aqlli arbob. Zarurat bo'lsa prezidentlikni ham eplaydi.

"Donald Tramp ham, Hillari Klinton ham bir xil. Hillari, boshqa ko'plab siyosatchilar kabi siyosiy ta'sir, kuch-qudratini millionlab dollarga pullagan. Donald Tramp esa Hillari Klintonga o'xshagan odamlarni sotib olib milliardlab dollar pul qilgan", - deydi Fiorina.

Tramp senator Kruz va Karli Fiorinaning birlashish qarorini mazax qildi.

Milliarder nomzod hozir asosiy e'tiborini demokrat raqibi, sobiq davlat kotibi Hillari Klintonga qaratmoqda. Klinton demokratlardan yagona nomzodlikni qo'lga kiritishga yaqin turibdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG