AQSh 21 elchixonasini bir kunga yopadi

  • Amerika Ovozi

Kobuldagi elchixona ham yakshanba yopiq bo'ladi. Davlat departamenti Amerika fuqarolarini ham terror tahdid haqida ogohlantirib, ehtiyot bo'lishni maslahat berayapti.

Kobuldagi elchixona ham yakshanba yopiq bo'ladi. Davlat departamenti Amerika fuqarolarini ham terror tahdid haqida ogohlantirib, ehtiyot bo'lishni maslahat berayapti.

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi elchixona va vakolatxonalar xavfsizlik bois yakshanba ishlamasligi aytiladi.

Qo’shma Shtatlar xavfsizlik nuqtai nazaridan 21 elchixona va vakolatxonalarini bir kunga – yakshanbaga yopadi.

Abu Dabi, Bag'dod, Qohira, Tripoli, Kobul va boshqa shaharlardagi diplomatik idoralar shular jumlasidan. Xavf al-Qoida tahdidi va Ramazon oyi tugayotgani bilan bog'lanmoqda.

Davlat departamenti vakili Mari Xarfning aytishicha, ba’zi diplomatik idoralar uzoqroq muddatga yopilishi mumkin.

Yakshanba musulmon davlatlarida ish kuni. Yevropa, Lotin Amerikasi va qator boshqa davlatlarida yakshanba kuni elchixonalar shundog'am ishlamaydi.

Davlat departamenti Amerika fuqarolari va bizneslarini ham terror tahdid haqida ogohlantirib, ehtiyot bo'lishni maslahat berayapti. Ayniqsa, Yaqin Sharq va Afrika shimolida hujumlar ehtimoli baland.

Al-Qoida va unga aloqador guruhlar shu oy xurujlar sodir etishi mumkin, deya taxmin qiladi departament.

Amerika elchixona va vakolatxonalariga avval ham hamla qilingan. Liviyaning Bing'ozi shahrida o'tgan yilning sentabrida sodir etilib, uch amerikalikning boshini yegan hujum bunga misol.

Davlat departamenti vakili Mari Xarfning chiqishi (ingliz tilida):


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG