Yamanda isyonchilar AQSh elchixonasining mashinalarini tortib olgan

  • Amerika Ovozi

Isyonchi shialar butun Yamanda nazorat o'rnatganini da'vo qilayapti.

Isyonchi shialar butun Yamanda nazorat o'rnatganini da'vo qilayapti.

Qo'shma Shtatlar, Britaniya va Fransiya xavfsizlik bilan bog'liq ahvol tobora og'irlashib borayotgani sababli Yamandagi elchixonalarini yopmoqda.

Davlat departamentining bildirishicha, Amerika elchixonasi xodimlari seshanba kuni poytaxt Sanodan evakuatsiya qilingan.

Amerikalik diplomatlar ketgani zahoti isyonchi guruhlar elchixonaga qarashli avtomobillarni egallab olgan.

Britaniya o'z fuqarolarini bugun, chorshanba ko'chirishga kirishgan. Fransiya elchixonasi juma kuni yopiladi.

Yaman mana bir necha oydirki siyosiy tanazzul girdobida. O'tgan oy aholisi asosan sunniylardan uborat bu davlatda shia isyonchilar Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadining qarorgohini qamal qilgan, natijada rahbar va Vazirlar Mahkamasi iste'foga chiqqan edi. O'tgan juma isyonchilar butun davlatda nazoratni o'rnatganini da'vo qilib chiqdi.

Amerika Davlat departamenti Yamanda tinchlik, farovonlik va barqarorlikni ta'minlash yo'lida ishlashda davom etishini bildirmoqda. Sanoda ahvol yaxshilangani zahoti elchixonalar qayta ishga tushadi, deydi Davlat departamenti matbuot kotibi Jen Psaki.

Pentagonning tan olishicha, Yamandagi siyosiy tartibsizlik Amerikaning aksil-terror amaliyotlariga halaqit bermoqda. Biroq Amerika harbiylari Yaman armiyasini mashqdan o'tkazib, al-Qoidaga qarshi havo zarbalarini davom ettiradi.

AQShning Yamandagi elchixonasi

AQShning Yamandagi elchixonasi

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG