AQSh sudi aksil-islomiy film rejissyorini ushlashni buyurdi

  • Amerika Ovozi

AQSh federal sudi musulmon dunyosida qonli namoyishlarga turtki bergan, islom nishonga olingan film prodyuserini ushlashni buyurgan.



Sudya Syuzan Sigalning aytishicha, Nakula Bassili Nakula 2010-yilda moliyaviy qalloblik, bank qog'ozlarini soxtalashtirish aybi bilan qamalib, so’ng muddatidan oldin qo’yib yuborilgan.

Unga besh yil davomida internetdan foydalanish man etilgan, biroq 55 yoshli Nakula bu shartni buzgani, uni kuzatgan ofitserga yolg’on gapirgani uchun yana hibsga olinadi.

Nakula Sem Basil nomi ostida “Begunoh musulmonlar” filmini yaratgani aytiladi.

Kartina qator davlatlarda norozilik chiqishlariga sabab bo’ldi, Amerika diplomatik idoralari, maktab va bizneslari hujumga uchradi.

Sud hukmiga ko'ra, u filmni global tarmoqqa joylab, soxta ism qo'llab, qamoqdan erta chiqish shartlarini, xususan, internetdan faqat ruxsat olib foydalanish va faqat asl ism-sharifini qo'llash kabi talablarni buzgan.

Nakula filmga aloqador ekanini tan olib, "seni o'ldiramiz" qabilidagi do'q-po'pisalardan qo'rqib, huquq-tartibot idoralaridan yordam so'ragan.

U avvaliga o'zini Sem Basil, isroillik yahudiy deya tanishtirib, kartina millionlab dollarga ishlandi, deb chiqqan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG