Breaking News

Kaliforniya dengiz akademiyasi talabalari kelajak porloq deydi


The California Maritime Academy
The California Maritime Academy
AQSh iqtisodi hamon og’ir ahvolda ekan, kollej va universitetlarni bitirganlar ish topishga qiynalyapti. Biroq Kaliforniya Dengiz Akademiyasi (The California Maritime Academy) bitiruvchilari uchun bu muammo emas. Bu o’quv dargohi diplomini qo’lgan olganlarning hammasi ish topadi.



“Oltin ayiq” nomli kemadamiz. Motorlar beto’xtov ishlamoqda. Issiq, shovqin.

Vasil Tudoran shu yerda ishlaydi.

“Yoshligimdan narsa tuzatishni yaxshi ko’raman”,- deydi u.

​Tudoran Kaliforniya dengiz akademiyasida mexanik-muhandislikka o'qiyapti.

San-Fransisko yaqinida joylashgan bu dargoh talabalarining baridan kemada amaliyot o’tash talab qilinadi.

Ikki oy ichida 288 kadet 15 ming kilometrdan ko’proq masofani bosib o’tadi. Panama kanalidan tortib Markaziy Amerika mamlakatlari va Karib dengizida joylashgan orol-davlatlarni ko'radi.

“Bu o’quv yurtini bitirganlarning bari ish topadi, shubhasiz,” - deydi Tudoran.

Robert Jekson akademiyada dars beradi.

"Talabalarning aksariyatiga akademiyani bitirmay turib bitta yoki hatto ikkita ish taklif qilinadi. Maosh yiliga 60 ming dollardan 120 minggacha... Talabalarimizning bilimi va iqtidori shu qadar yuqoriki, ular xohlagan yerda ishlay oladi”,- deydi muallim.

Bitiruvchilarning deyarli hammasi ish topa olsa-da, akademiyada bor-yo’g’i 900 talaba o’qiydi.

Ulardan biri Endryu Di Tuchchining aytishicha, talablarga hamma ham chiday olmaydi.

“Bilim yurtimiz oddiy kollejga o’xshamaydi. Harbiy o’quv yurtini eslatadi. Biz maxsus formada yuramiz, otryadlarga bo’linganmiz. Hammadan ozoda, tartibli bo’lish talab qilinadi. Ichki qoidalarga rioya qilish kerak. Talablar qattiq. Belni bog’la-da, qunt bilan o’qi, bilim ol”.

Vaqti kelib mehnatingiz mevasini ko’rasiz.

“Har tong uyg’onib, atrofga qarayman. Har tarafda faqat okean… Bundan ham zo’r manzara bormi? G’ayratim oshib ketadi,” - deydi Di Tuchchi.

Tartib-intizom naqadar qattiq bo’lmasin, talabalar chidaydi. Chunki natija aniq – ularning orzu-niyatlari ro’yobga chiqadi.

Kaliforniya dengiz akademiyasida/California Marine Academy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:17 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG