Florida shtatida respublikachilar saylovoldi qurultoyiga yig'ilgan

  • Amerika Ovozi

Florida shtatining Tampa shahrida Respublikachilar Partiyasining minglab faollari yig'ilgan.

Maqsad - prezidentlik va vitse-prezidentlikka nomzodlarni rasman tasdiqlash va partiya platformasi nimadan iborat ekanini xalqqa eslatib qo'yish.


Butun Meksika ko'rfazi “Ayzik" (Isaak) to’foni ostida ekan, to'rt kunlik tadbir rejasi ancha o'zgargan.

Tampada tabiiy ofatdan saqlanish uchun harakat avjida. Jiddiy xavfsizlik choralari ko'rilgan.

Lekin ko'chalar namoyishchilarga to'la. Respublikachilar va konservativ g'oyalarga qarshi chiqayotgan fuqarolar fursatdan foydalanib, bu partiyaga la'natlar aytmoqda.

Saylov 6-noyabrda. Prezidentlikka nomzod Mitt Romni vitse-prezidentlikka kongressmen Pol Rayanni tanlagan.

Oxirgi ommaviy so’rov natijasiga ko’ra, saylovchilarning 47 foizi Romni uchun ovoz berishi mumkin.

Amaldagi prezident, Demokratlar Partiyasidan nomzod Barak Obamani saylovchilarning 46 foizi qo’llamoqa.

Demokratik Partiya qurultoyi sentabr boshida Janubiy Karolina shtatida bo'lib o'tadi.

Tampadagi namoyishlar suratlarda:




  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG