AQSh kuchlari iroqliklarni tayyorgarlikdan o'tkazishni boshladi

  • Amerika Ovozi

AQSh kuchlari Iroqning notinch Anbar viloyatida Iroq askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazishni boshladi. "Islomiy davlat" jangarilari tomonidan tez-tez hujumlar ro'y berib turganiga qaramay, Amerika harbiylari o'z oldilariga qo'ygan missiyalarini amalga oshirmoqda.

Pentagon so'zlovchisi polkovnik Stiv Uorrenning aytishicha, Anbardagi "Al-Asad" bazasiga 320 AQSh harbiysi joylashtirilgan. Ular Iroq askarlariga maslahat va rejalash ishlarida yordam beradi. Jangarilar tez-tez amalga oshirayotgn hujumlar ishlarimizga salbiy ta'sir ko'rsatgani yo'q, deydi Uorren.

"Shu paytgacha ular biror muvaffaqiyatga erishmadi. Hech bir AQSh askari yoki jihozlariga zarar yetgani yo'q. Maqsadimiz rejalashtirish, axborot va razvedka ma'lumotlarini bo'lishish, havo amaliyotlarini boshqarish hamda xavfsizlik strategiyalarini rivojlantirish bo'yicha yordam berishdan iborat", - deydi Pentagon so'zlovchisi.

Poytaxt Bag'doddan 30 km. uzoqlikda joylashgan Taji bazasida ham 170 AQSh zobiti to'rt Iroq batallonini tayyorgarlikdan o'tkazmoqda.

Irbil va Besmaya shaharlarida yana ikki harbiy markaz tashkil etilmoqda. Ammo ularning yaqin haftalar ichida ishga tushishi kutilmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG