Pentagon Maliga havo razvedkasida yordam beradi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Malida barqarorlikni ta’minlash Afrika davlatlarining zimmasida bo’lishi kerak. To’qqiz davlat bo’ylab safarga chiqqan Kerri kecha Parijda bo’ldi.

AQSh va Fransiya Mali hukumatiga islomiy jangarilarga qarshi kurashda yordam bermoqda, biroq u yerda qolib ketish niyatimiz yo’q, dedi Kerri.

"Afrika davlatlari va BMT tizimlari tashabbusni qo’lga olib, fransuz qo’shinlariga Malidan chiqishga imkon berishi lozim", - dedi u.

Kerrining aytishicha, Malida demokratik jarayon orqali saylangan hukumatni tiklash kerak. G’arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati tinchlikparvar missiyani olib borish uchun turli mamlakatlardan qo’shin to’plamoqda.

Shu kungacha fransuz askarlari janglarda faol ishtirok etgan. Qo’shma Shtatlar esa ularni transport bilan ta’minlab, fransuz samolyotlariga havoda yoqilg’i quyishda yordam berib kelmoqda. O’tgan hafta Pentagon havo razvedkasi uchun pilotsiz samolyotlar ajratgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG