Erkin savdo bitimlari iqtisodni yaxshilash uchun effektiv chorami?

  • Amerika Ovozi

Amerika Mehnat Federatsiyasi va Sanoatchilar Kongressi rahbari

Amerika Mehnat Federatsiyasi va Sanoatchilar Kongressi rahbari

Yangi mehnat o’rinlari yaratishning bir yo’li, deydi prezident Barak Obama, chet davlatlar bilan savdoni kengaytirish, xususan erkin savdo uchun yo’l ochish. Buning uchun esa Kongressdan ruxsat olish kerak. Qonunchilar erkin savdo shartnomalari yuzasidan turlicha fikrda. Ayrimlar nazarida erkin savdo bitimlari Amerikada o’rta sinfga qimmatga tushadi, ya’ni ish o’rinlarining xorijga olib ketilishiga turtki beradi.

Erkin savdo tizimining asosiy xususiyati shuki, unga hukumatlar aralashmaydi. Cheklovlar olib tashlanadi. Soliq va tariflar kamaytiriladi. Maqsad shuki, kompaniya va firmalar orasida hamkorlik oshib, sanoatlar kengayadi va natijada ko’proq odamlar ishli bo’ladi. Lekin Amerikadagi yirik kasaba uyushmalari erkin savdo bitimlariga qarshi.

Yil boshida prezident Barak Obama xalqiga qilgan murojatida iqtisod va ish o’rinlariga katta urg’u bergan edi. U Kongresni Janubiy Koreya bilan erkin savdo shartnomasini tezroq ma’qullashga undab, “eksport hajmini oshirish ish o’rinlarini yaratishga ko’mak beradi”,- degan edi prezident.

Amerika Mehnat Federatsiyasi va Sanoatchilar Kongressi rahbari Richard Tramkaning aytishicha, shoshilishning kerak yoq. Bu kabi shartnomalar ko’pincha ishsizlik sur’atining o’sishiga olib keladi.

“Savdo shartnomalari va iqtisodiy kelishuvlar xalqimiz manfaatlariga xizmat qilayotgani yoq. Bunga oid qonun-qoidalarda kamchiliklar bor. Ish o’rinlari yaratilmayapti”, - deydi Richard Tramka.

Amerika qonunchilari ayni paytda Janubiy Koreya bilan erkin savdoni yo’lga qo’yish masalasini ko’rib chiqmoqda. Bitimni yoqlovchilar nazarida bu AQSh iqtisodiyoti uchun katta foyda, ayniqsa avtomobilsozlar uchun. Shartnoma ma’qullansa, 70 ming yangi ish o’rni yaratiladi.

Prezident Obama yirik korxonalardan birida

Prezident Obama yirik korxonalardan birida

“Bunga ishonish qiyin. Shartnoma tasdiqlansa, bizningcha, hozirgidan ham ko’p ish o’rni yo’qotamiz. Iqtisodiy siyosat instituti hisobicha, yiliga 150 ming ish o’rni”,- deydi Tramka.

Richard Tramka singari lobbichilar, shuningdek, Kongressni Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlar, jumladan Kolumbiya bilan ham erkin savdo bitimi imzolamaslikka undamoqda. U yerda o’tgan yili kasaba uyushmalari yetakchilaridan 51 rahbari o’ldirilgan. Lekin respublikachi qonunchilar Kolumbiya va Panama bilan erkin savdo qilish tarafdori. Respublikachi senator Rob Portman bunday kelishuvlar muhim deydi.

“Prezident Obama gaplarida jon bor. Erkin savdo qilishga kelishmasak, bundan faqatgina o’zimizning iqtisodiyot zarar ko’radi”, - deydi Portman.

Prezident Obama Janubiy Koreya bilan erkin savdo kelishuvi shu yilning iyul oyigacha tasqidlanadi degan umidda. O’sha paytga borib, Yevropa Ittifoqi va Janubiy Koreya o’rtasida o’xshash shartnoma kuchga kiradi. Bunday kelishuvlarga qarshi tomonlar nazarida esa Barak Obama fuqarolar emas, korporatsiyalar manfaatini ko’zlamoqda. Erkin savdo har doim ham ish o’rinlari yaratmaydi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG