Yoshlarni jinoiy to’dalardan qanday asrash mumkin?

  • Amerika Ovozi

Politsiya "qiyin" o'smirlar bilan ishlaydi

Politsiya "qiyin" o'smirlar bilan ishlaydi

AQShda 33 ming jinoiy to’da bo’lib, jinoyatlarning 50 foizidan oshig’i aynan ular tomonidan amalga oshiriladi. Bu federal huquq-tartibot organlari ma’lumoti. Poytaxt Vashington ko’p jinoyat sodir etiladigan shaharlardan biri. Ikki qo’shni, Virjiniya va Merilend shtatlari ham bu borada undan qolishmaydi.

Shanba… Futbol…

Serverda xato

Oops, as you can see, this is not what we wanted to show you! This URL has been sent to our support web team to the can look into it immediately. Our apologies.

Please use Search above to see if you can find it elsewhere

Musobaqalar o’smirlarni nafaqat sportga jalb qiladi, balki band qiladi ham. Maqsad – ularning jinoiy guruhlarga qo’shilishiga chek qo’yish. Bekorchi yoshlar qoradoriga beriladi, zo’ravonlikni odat qiladi, deydi dastur rahbari Robert Vilchez.

“Bu muammodan xoli jamiyat yo’q. Har bir bola xavf ostida, ayrimlar uchun tahdid ayniqsa katta”.

Politsiyaga ko’ra, to’dalar, masalan Mara Salvatrucha yoki MS-13 deb nomlangan to’da a’zolarining 85 foizi latinolar.

Los Anjeles shahrida tuzilgan bu guruh nafaqat butun AQSh, xatto Meksika va Kanadaga ham yetib borgan. Ko’chadagi o’g’irliklardan tortib to odam savdosi, narkotiklar kontrabandasi va buyurtma qotilliklar…

“Biz hozirgina kesib o’tgan parkda ham ayrim jinoiy to’dalar faoliyat yuritadi”.

Virjiniya shtatidagi Arlington shahar politsiya kapitani Brayan Berk deydiki, 1990-yillar boshida to’da saflariga bir necha yuz odam kirgan. Hozirda 100 kishi atrofida. Sabab? Huquq-tartibot organlarining muvaffaqiyatli ishi hamda yosh yigit-qizlar uchun 300 dan ortiq maxsus dastur.

“Bo’ldi, muvaffaqiyatga erishdik deb ishni to’xtatib bo’lmaydi. Bu yutuqlar o’tkinchi. Yoshlarga e’tibor qaratishda davom etmasak, ularning jinoiy faoliyatiga chek qo’ymasak, yigit-qizlar yana bu to’dalarga qo’shiladi va egri ishlarga qo’l uradi,” - deydi kapitan Berk.

Futbol bo’yicha musobaqa shunday “qiyin” o’smirlar bilan ishlashning bir yo’li.

Serjant Rik Rodrigez - Arlington politsiyasi xodimi:

“To’daga qo’shilgan odam – bilmay qo’shiladimi yoki sheriklari orasida to’da a’zolari bo’lib, ular orqali qo’shiladimi – vaqti kelib to’da mulkiga aylanadi. Yo’q deyolmaydi. To’da liderlari hamma narsani hal qiladi”.

Futbol bo’yicha musobaqa yoshlarga ma’qul. 16 yoshli Rodrigo Neyro:

“Bu haqiqatan ham yaxshi ish deb o’ylayman, chunki ba’zida osmirlar bilmagan holda to’daga qo’shilib, egri ishga qo’l uradi. Keyin orqaga qaytish qiyin”.

To’dalarga qarshi kurash dasturi rahbari Robert Vilchez so’nggi yetti yil ichida ulkan yutuqlarga erishildi deydi. Biroq bu hech qachon tugamaydigan kurash, bolalar bilan ishlashda davom etish kerak.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG