Breaking News

So'rov: AQShning xalqaro qiyofasi yaxshilanib bormoqda


Yangi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, dunyo ahli AQShning tashqi siyosatda ko’proq Osiyoga e’tibor qaratib, “Islomiy davlat”ga qarshi kurashga yetakchilik qilayotganini qo’llab-quvvatlaydi.

Pyu tadqiqot markazi o’tkazgan so’rovda AQShga berilgan umumiy baho ham ijobiy. 40 davlat qamrab olingan taqdiqotda qatnashchilarning 69 foizi mamlakat haqida yaxshi fikr bildirgan.

Ushbu ko’rsatkichni Obama ma’muriyatining muvaffaqiyati deb atash mumkin. Obama 2008-yil hokimiyatga kelganda AQShning global mavqeini yaxshilashga va’da bergan edi. U shu maqsadda Iroq va Afg’onistondagi urushlarga barham berishga bel bog’lagan.

Dunyo ahlining 62 foizi AQShning “Islomiy davlat”ga qarshi kurashini qo’llab-quvvatlagan, faqat 24 foizi amaliyotlarga qarshi chiqqan.

So’rov AQShning harbiy jabhada e’tiborini, asosan, Osiyoga qaratayotganini ham ijobiy holat deb topgan. Mintaqada Xitoyning ta’siri oshib borayotgan bir paytda ko’plab Osiyo davlatlari AQShni ishonchli hamkor sifatida ko’radi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG