Chak Xeygl: AQSh global masalalarda yakka siyosat yurita olmaydi

  • Amerika Ovozi

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl Chikagoda o'tgan Xalqaro aloqalar forumida so'zlamoqda, 6-may, 2014-yil.

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl Chikagoda o'tgan Xalqaro aloqalar forumida so'zlamoqda, 6-may, 2014-yil.

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeyglning aytishicha, dunyodagi ixtiloflarni bartaraf etish uchun Vashingtonning yakka holda siyosat yuritishi xato bo’ladi. Xalqaro hamkorlik, ittifoqchilar bilan kelishib ishlash bugun har qachongidan ham muhim, deydi u.

Chikagoda Tashqi aloqalar forumida gapirgan Xeygl AQSh Iroq va Afg’onistonda 13 yil urush olib borishi ortidan amerikaliklar orasida askarlarning xorijdagi missiyalariga nisbatan ishonchsizlik kuchayganini tan oldi.

Byudjet qisqarayotgan bir paytda AQSh armiyasi o’zini yangi vazifalarga moslashi lozim, deydi u.

Amerika jahondagi eng faol siyosiy kuch bo'lib qoladi lekin qadamlarni o'ylab bosish kerak, deydi Pentagon rahbari. Xatolar har tomonlama qimmatga tushishi mumkinligini tarix qayta-qayta isbotlagan, deya so'zladi arbob.

Xeyglning ta'kidlashicha, harbiy qudrat nafaqat askarlar soni bilan, balki ularning tezkorligi va qurol hamda texnologiyadagi ustivorlgi bilan belgilanadi.

“Terrorchilar va isyonchilar g’oyib bo’layotgani yo’q. AQSh maxsus amaliyotlar uchun bejiz ko'proq mablag' ajratmayapti”, - deydi Chak Xeygl.

Pentagon kiber-xavfsizlikka e'tiborni oshirmoqda. Kelajakda robot vositalar, jumladan uchuvchisiz dronlar singari qurollar ko'proq ishlatiladi, deydi Xeygl.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG