Breaking News

Gavayi orollarining noyob qushlari xavf ostida


Gavayi - noyob qushlar makoni/Hawaiian Birds/Extinction
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:52 0:00

Gavayi - noyob qushlar makoni/Hawaiian Birds/Extinction

AQShning Gavayi orolida noyob qushlar uchraydi. Biroq ularning ko’p turi g’oyib bo’lish arafasida. Qushlarga tahdid solayotgan kichik yirtqich hayvon - mangusta bir asr avval shakarqamish dalalarida kalamushlarni yo’q qilish uchun orolga olib kelingan. Endi bu jonivor ko’payib, nodir qushlarning tuxum-palaponini yeb tugatmoqda.

Gavayi deganda ko’z oldimizda jannatdek bir makon gavdalanadi. Maftunkor tabiat, noyob jonzotlar.

Ammo orolga odamzot qadam bosibdiki, hayvonot olami, ayniqsa, qushlar xavf ostida yashab keladi.

“Qushlar yo’q bo’lib ketishi jihatidan Gavayini dunyo poytaxti desa bo’ladi. AQShning 50-shtati jannat makon nomini olgan. Yillar davomida har xil jonivor va o’simlik turlari olib kelingan bo’lsa-da, ayni paytda qushlar sekin-asta g’oyib bo’lib bormoqda”.

Jorj Vollas Amerika qushlarini himoya qilish jamiyatini boshqaradi.

Gavayi arxipelagiga kiradigan Kaua orolida mangustalar ko’payib, qushlarga ozor bera boshlaganiga avvalo aynan shu tashkilot e’tibor qaratdi. Vaholanki, ayrim qushlar yiliga bor-yo’g’i bitta tuxum qo’yadi.

“Mangustalar daraxtga chiqa olmaydi, lekin yerda yoki o’tzordagi inlarni bir zumda topib, qushlarni yamlab yutadi. Gavayi orolida ko’payadigan, suvbo’yida yashovchi qushlar ulardan bezor,” - deydi Vollas.

Bu yerda mangustalarni yo’q qiladigan yirtqichning o’zi yo’q. Yo’l boyida, axlat qutilari yaqinida ko’payadigan hayvonlar haqiqiy boshog’riq. Holbuki, Kaua orolida yaqin-yaqingacha bu jonivor kam uchrar edi, deydi AQSh baliqchilik va tabiat xizmati xodimi Bred Bortner:

“Orollarimizda 100 dan ortiq qush turlari mavjud. Ularni faqat Gavayida uchratasiz. 71 turi yo’q bo’lib ketdi. Yana 31 xili xavf ostida. Maxsus ro’yxatga kiritilgan”.

Mangustadan tashqari, boshqa zararkunandalar ham yo’q emas. Masalan, qurt-qumursqa tarqatuvchi kasalliklar qushlarga tahdid. Bortner deydiki, Baliqchilik va tabiat xizmati yana bir necha tashkilot bilan birga qushlarning azaliy makonlarini qayta tiklash ustida ishlamoqda. Yirtqich hayvonlarga qopqonlar qo’yib, qushlar inini himoya qilib, Gavayi qarg’asi kabilarni saqlab qolayapmiz, deydi u.

Yaqinda faqat Gavayida uchraydigan ayrim noyob qushlar soni bir necha yuz donani tashkil etishi ayon bo’ldi. Jorj Vollas vaziyatni tubdan o’zgartirish uchun mablag’ kerak, deydi.

Gavayi orollaridagi noyob qushlar/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:19 0:00
Yuklab oling

“Tahdid ostida bo’lgan qush va hayvonlar rasmiy ro’yxatiga bir qarang. Unga birgina Amerikadan 90 dona jonivor kiritilgan. Uchdan bir qismi - Gavayi qushlari. Biroq mavjudotlarni saqlab qolishga ajratiladigan mablag’ning atigi 4 foizi Gavayiga beriladi”.

Odamlarni muammodan boxabar qilish maqsadida Amerika qushlarini himoya qiluvchi jamiyat yaqinda “Xavf ostidagi Gavayi” nomli hujjatli film ishladi. Uni internetda ham tomosha qilish mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG