Breaking News

Chekishni kamaytirish uchun soliqni oshirish kerak


Nyu-York do'konlarining birida sigaretlar rastasi
Nyu-York do'konlarining birida sigaretlar rastasi

Sigaret chekuvchilarning aksariyati bu zararli amaliyotga o’smirligida qo’l uradi. Ko’p o’tmay tamakiga qaram bo’lib qolgani va tashlolmayotganini tushunadi. Bu esa jamiyat salomatligi uchun jiddiy tahdid. Dunyo bo’ylab olimlar odamlarga chekishni tashlashda yordam berish yo’llarini izlamoqda.

Chekishni tashlang - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00
Yuklab oling


Joanna Koen Jons Xopkins nomli Global tamaki nazorati instituti ilmiy xodimi. Uning ofisida turli sigaret pachkalarini ko’rasiz. Ayrimlari dahshatli, boshqalari esa qiziqarli.

Ko’plab mamlakatlarda tamaki reklamasi cheklangan. Sigaret sanoati korobkadan reklama sifatida foydalanishga urinadi. Hukumatlar chekish zararli deb yozishni talab qiladi. Koenga o’xshagan tadqiqotchilar fikricha eng ma’qul yo’l - soliqni oshirish.

“Yuqori soliq bilan hamma yutadi. Bangilar kamroq chekadi, hukumat tushumni oshiradi. Shu bois soliq eng samarali strategiya. Barcha naf ko’radi,” - deydi u.

Xalqaro sog’liqni saqlash tashkiloti ham shu tashabbusni olg’a surmoqda.

Tashkilotga ko’ra, bu yo’l bilan ayniqsa kambag’al va o’rtahol insonlar orasida tamaki iste’moli kamayadi. Oqibatda yoshlar ham kam chekadi.

BMT nazarida soliq 10 foizga oshirilganida yuqori daromadli mamlakatlarda tamaki iste’moli 4 foizga kamaygan. Kambag’al va o’rtahol jamiyatlarda esa pasayish 8 foizga teng.

Dunyoda qariyb bir milliard odam tamaki chekadi - har besh kishidan biri. Ularning yarmini tamaki o’ldiradi.

Tamaki man etilsa, ayrimlar umuman chekmasligini aytadi.

“Men 38 yildan buyon sigaret chekaman. Tashlashga irodam yetmaydi,” - deydi mana bu kishi.

Boshqalar esa tamakiga shu qadar o’rgangan-ki, zararini yaxshi bilsa-da, tashlolmaydi.
“Sigaret chekish - bangiliknning eng o’g’ir shakli. Ich-ichimdan chekishni tashlash kerakligini tushunaman. O’z salomatligim uchun ham, atrofdagilar uchun ham zararli bu,” - deydi yana biri.

Tamaki iste’molini cheklashda hukumatlar turli strategiyalarni qo’llashi kerak, deydi Joanna Koen.

“Tamaki chekuvchilarning 70 foizi tashlashni istaydi. Ularga yordam berishimiz kerak. Buning uchun turli yo’llar bilan harakat qilishimiz lozim. Masalan, mahsulotni sotib olish imkoniyatini cheklash, narxini oshirish, reklamani kamaytirish va boshqa yo’llar,” - deydi suhbatdosh.

Sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislari taxminicha, yaqin kelajakda tamaki iste’moli sabab o’lim hollari ko’payadi, ayniqsa, kambag’al va o’rtahol mamlakatlarda. Chekish bilan bog’liq kasalliklar talay.

Tamakiga qarshi kurash qanchalik kuchaysa, qo’liga sigaret olayotgan yoshlar ham shunchalik kamayadi, deydi ular.

Chekish moda emas, salomatlikka zarar - Give up smoking!
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:02 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG