Gonkongda saylov islohotlari ovozga qo'yiladi

  • Amerika Ovozi

Shu yil boshida barcha fuqarolar uchun ovoz berish huquqini talab qilgan namoyishchilar. Gonkong, 1-fevral 2015-yil

Shu yil boshida barcha fuqarolar uchun ovoz berish huquqini talab qilgan namoyishchilar. Gonkong, 1-fevral 2015-yil

Kongress a’zolari va inson huquqlari tashkilotlari AQSh hukumatini Gonkongda kelasi haftaga belgilangan referendum natijasida demokratiya qaror topishi uchun chora ko’rishga chaqirmoqda. Referendumda saylovlarga oid islohotlar ovozga qo'yiladi.

Osiyoda demokratik jarayonlarga bag’ishgalngan Kongress tinglovida Vakillar palatasidan respublikachi Matt Salmon 2015-yil Gonkong uchun muhim burilish nuqtasi bo’lishi mumkin, deb aytdi. Ammo takilf etilgan islohotlar unga ma’qul emas.

“U yerdagi erkinlik kurashchilari yakka o’zi qoldimi, deb qo’rqaman”, - dedi Kongress a’zosi.

Tanqidlarga sabab bo’layotgan yangi qonunlarga ko’ra, Gonkongda 2017-yilda rahbar saylanadi, biroq nomzodlar soni 2-3 dan oshmasligi, nomzodlarni esa maxsus qo’mita tasdiqlashi ko'zda tutilgan.

Matt Salmon yaqinda Gonkongga borib kelgan Kongress delegatsiyasiga boshchilik qildi.

“AQSh u yerda demokratiya qaror topishi uhun kattaroq hissa qo’shishi mumkin, - deydi Salmon. – Har gal harakat qilganimizda Xitoy bizga “bu ichki ishimiz, aralashmang”, deb aytadi”.

“Ammo Kongress va hukumatimiz "rahbar saylovlarida voyaga yetgan barcha fuqarolar qatnashishi kerak", deyishi gonkongliklar uchun juda muhim”, - dedi Salmon.

Obama ma’muriyati demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish AQSh tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishi, deb keladi.

Tinglovda Davlat departamenti rasmiysi Skot Marsel Kongress a’zolariga “agar Gonkong xalqiga saylovchilar fikrini ifoda etadigan bir necha nomzoddan birini saylash imkoni berilsa, Gonkong rahbari va uning hukumati qonuniyligi oshar edi”, - deb aytdi.

“Biz aynan shunday natijaga olib keladigan saylov o’tkazishga da’vat etamiz”, - dedi u.

Ayrim inson huquqlari faollari AQSh Gonkongda demokratiyani qo’llab-quvvatlashda yetarli chora ko’rmayapti, degan fikrda.

“Human Rights Watch” tashkilotining Xitoy dasturi rahbari Sofi Richardson “AQSh qator qadanlar qo’yishi mumkin: muammolarni ko’tarish, qatnashish, Gonkongda turli taraflar bilan uchrashish”, deydi. AQSh hukumatining shu paytgacha berilgan va barcha taraflarni murosaga chorlayotgan bayonotlari muammolarga olib kelishi mumkin, deydi ekspert.

“Gap shundaki, shu paytgacha Gonkongda demokratiyani istagan odamlar turli yo’llar va uslublarni sinab ko’rgan, lekin ular harakatlari samara bermadi, ular ovozlariga hech kim quloq solmadi,” – deydi “Human Rights Watch” vakili.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG