AQSh garovga olgan odamlar bilan muzokara qilgan fuqarolarini endi jazolamaydi

  • Amerika Ovozi

2014-yilda "Islomiy davlat" tomonidan qatl etilgan amerikalik jurnalist Stiven Sotloff

2014-yilda "Islomiy davlat" tomonidan qatl etilgan amerikalik jurnalist Stiven Sotloff

AQSh hukumati o'tmishdagi siyosatiga tuzatish kiritib, bundan keyin xorijda o'g'irlangan fuqarolarning oilalarini garovga olgan odamlar bilan muzokara qilgani yoki kelishib garov puli to'lagani uchun jazolamasligini bildirmoqda.

Prezident Obama qoidani yumshatishi kutilmoqda. Ayrim jabrdiydalar oilalari Oq uyni keskin tanqid qilganidan so'ng qoidalar qayta ko'rib chiqilmoqda. Bu oilalar yaqinlarini garovdan ozod etish uchun pul to'plamoqchi bo'lganida sudga berilishi haqida do'q-po'pisalar olganini aytgan.

Rasmiylarga ko'ra, yangi qoidalar bunday oilalar bilan aloqani yaxshilashni, garovga olgan odamlar bilan ularning nomidan aloqa qilishga yordam berishni ko'zlaydi.

Biroq, deydi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest, garovga olganlar bilan murosa qilishni taqiqlovchi siyosat o'zgarishsiz qoladi.

Yaqin Sharqda garovga olingan bir necha amerikalik o'tgan yili "Islomiy davlat" jangarilari qo'lida o'lgan edi. Yevropadagi ayrim davlatlardan farqli o'laroq, AQSh jangarilar talablariga bo'yin egmasligini, garov puli to'lamasligini bildirib keladi.

Biroq o'tgan yili Qo'shma Shtatlar Afg'onistonda asirga tushgan amerikalik askarni ozod etish evaziga Tolibon bilan kelishib, Guantanamodagi qamoqxonadan besh tolibni chiqardi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG