AQSh BMT Inson huquqlari kengashida faollashmoqda

  • Amerika Ovozi

BMT Inson huquqlari kengashi

BMT Inson huquqlari kengashi

AQSh hukumati BMT Inson huquqlari kengashining dunyo bo’ylab inson huquqlarini targ’ib etish va himoya qilishga qaratilgan faoliyatini qo’llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Yaqinda tashkilotning Jenevada o’tgan 26-sessiyasida Suriyadagi mojaroga doir 14-rezolyutsiya qabul qilindi.

AQShning BMT Inson huquqlari kengashidagi elchisi Kit Xarperning aytishicha, hujjatda Suriyada inson huquqlarining poymol etilishi, xalqaro qonunlarning buzilishi qoralanadi. Unda vaziyatning Xalqaro jinoiy sudga oshirilmagani tanqidga olinib, xalqaro hamjamiyatning Suriya hukumatidan gumanitar tashkilotlar ishlashi uchun sharoit yaratish talabi yana bir bor ta’kidlanadi.

"Assad rejimi qotil rejim. O’z xalqini qirmoqda. Kengashda bu muammoga siyosiy yechim topishga qaratilgan har bir harakatga qo’l urishimiz kerak. Bu safar rezolyutsiya tez tuzildi. Ilk bor mahalliy yoki xalqaro adliyani tilga olib, Suriya hukumatini javobgarlikka chaqiruvchi bandni hujjatga qo’shishga muvaffaq bo’ldik", - deydi Amerika elchisi.

Inson huquqlari kengashida ilk bor Ukrainada inson huquqlariga doir rezolyutsiya ham qabul qilindi. Hujjatda mamlakat bo’ylab huquq bobidagi vaziyatni kuzatish va bu borada hamkorlik qilishda davom etishga chaqiriladi hamda Rossiya tasarrufiga o’tgan Qrimda davom etayotgan va Ukraina sharqida separatistlar amalga oshirayotgan huquqbuzarliklar qoralanadi.

Kengash Janubiy Sudan bo’yicha ham konsensus asosida rezolyutsiya qabul qilib, unda bu mamlakatda inson huquqlarining toptalishi va xalqaro gumanitar qonunning buzilishi qattiq tanqidga olinadi.

Bu hujjatlarning barchasi AQShning kengashdagi faol ishtirokining ahamiyatini yana bir bor namoyish qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG