Inson savdosiga qarshi kurash, O'zbekiston va dunyo bo'ylab

  • Amerika Ovozi

Bugun dunyo bo'ylab taxminan 27 million odam, ko'pchiligi xotin-qizlar va bolalar, qullikda hayot kechirmoqda

Bugun dunyo bo'ylab taxminan 27 million odam, ko'pchiligi xotin-qizlar va bolalar, qullikda hayot kechirmoqda

Qo'shma Shtatlar nazarida 23 davlat inson savdosiga qarshi xalqaro kurashga o'z hissasini qo'shmayapti.

Xususan Livan, Liviya, Venesuela, Jazoir, Markaziy Afrika Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Gvineya-Bisau, Madagaskar, Mikroneziya, Turkmaniston va Yaman. Bu jamiyatlarda odam savdosi keng tarqalgan va hukumatlar bu masala bilan jiddiy shug'ullanmayapti.

Birma, Kuba, Eritreya, Eron, Kongo Demokratik Respublikasi, Quvayt, Shimoliy Koreya, Mavritaniya, Papua Yangi Gvineya, Saudi Arabistoni, Sudan va Zimbabveda ham shu ahvol, deyiladi Davlat departamenti chiqargan yillik hisobotda.

Rossiya bozorlarida

Rossiya bozorlarida

Bugun dunyo bo'ylab taxminan 27 million odam, ko'pchiligi xotin-qizlar va bolalar, qullikda hayot kechirmoqda.

Ko'plab davlatlarda zarur qonunlar qabul qilingan, ammo aksariyat hollarda ular faqat qog'ozda.

Insonlarni qul sifatida sotib, katta daromad olayotgan odamlar javobgarlikka tortilmayapti, adliya va qonun-tartibot tizimi bu jinoyatlarga qarshi sidqidildan kurashmayapti, deydi Xillari Klinton, AQSh Davlat kotibasi.

O'zbekiston o'tgan yillar ichida odam savdosiga nisbatan qat'iy choralar ko'ra boshlagan. Bu borada o'z xalqaro majburiyatlarini ado etishga urinmoqda, lekin kurashni yanada oshirishi kerak.

O'zbekistondan Rossiyaga olib ketilayotgan yoshlar

O'zbekistondan Rossiyaga olib ketilayotgan yoshlar

O'zbekistonlik erkaklar Rossiya va Qozog'istonda qurilish sohasi, paxta va tamaki dalalarida ishlatiladi. Xotin-qizlar fohishalik qilishga majburlanadi. Ular yolg'on va'dalar bilan Birlashgan Arab Amirligi, Hindiston, Qozog'iston, Rossiya, Turkiya, Tailand, Isroil, Malayziya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va Indoneziyadaga olib borilib, jinsiy savdo qurboniga aylanadi, deya tasvirlanadi hujjatda.

O'zbekistondagi yana bir muammo bu bolalarning kuzda majburan paxta dalalariga olib chiqib ishlatilishidir.

Respublikada bolalarni ekspluatatsiya qilish man etilgan, ammo amalda bu davom etmoqda. Bunga javobgar rasmiylar sudga tortilishi, xalqaro mutaxassislar vaziyat bilan tanisha olishi, xususan Xalqaro Mehnat Tashkilotiga bu borada imkoniyatlar yaratilib, muammoga qarshi konkret qadamlar tashlanishi lozim.

Moskva

Moskva

Davlat departamenti hisobotida keltirilishicha, 2010 yilda O'zbekistonda inson savdosi bilan bog'liq 529 jinoiy tergov ishi ochilgan. Ulardan 399 tasida ish izlab borib qulga aylangan odamlar taqdiri ko'rilgan, 123 tasida esa fohishalikka majburlangan ayollar.

2009 yilda 1978 holat qayd etilgani ma'lum. 2010 yilda bu jinoyatda aybdor deb topilib, 476 odam qamalgan bo'lsa, 2009 yilda 960 fuqaro shunday jazoga mahkum etilgan. Mahalliy nohukumat tashkilotlar inson savdosiga qarshi kurashda faol hissa qo'shmoqda, ayniqsa jabrdiydalarga yordam ko'rsatish va ularni normal hayotga qaytarishda.

2010 yilda hukumat odam savdogarlari qo'lidan qutqarilgan 225 fuqaroga yordam ko'rsatgan. 2009 yilda 4660 fuqaro jabr ko'rgani aniqlangan bo'lsa, 2010 yilda ularning soni 2325 kishini tashkil etgan. Nohukumat tashkilotlarning say-harakatlari bilan o'tgan bir yil ichida 261 shaxs xorijda qullikdan, vataniga erkin inson sifatida qaytgan.

Davlat departamenti 184 davlat va hududdagi ahvolni o'rganib chiqqan.

Inson savdosiga qarshi kurash, O'zbekiston va dunyo bo'ylab

Inson savdosiga qarshi kurash, O'zbekiston va dunyo bo'ylab

“Yillik hisobotdan maqsad - inson savdosi ko’lami haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lish va barcha mamlakatlar hamkorlikda effektiv choralar ko’rish”,- deydi Klinton.

Qo’shma Shtatlarning o'zi “zamonaviy qullar” olib kelinadigan maskanlardan biri. Bu davlat immigratsiya tizimi islohotlarga muhtoj.

Inson savdogarlari vaqtincha ishlash imkoniyatini beradigan viza dasturlarini suiiste’mol qilgan holda minglab insonlarni Amerikaga aldab olib kelayotgani ko’p marta aniqlangan.

Muhojirlar bu jinoyatchilarga ishonib, AQShga kelgach, hujjatlari olib qo’yiladi va tekinga yoki juda oz maosh evaziga og’ir ishlarga majburlanadi. Mamlakat bo’ylab hozir bu holatlarga qarshi kampaniya, kurash boshlangan.

O'zbekistonda inson savdosiga qarsi kurashayotgan faollar va 2010 yildagi global manzara haqida mana bu lavhada tanishing:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG