AQSh Adliya vaziri: Bolalarni ta'lim huquqidan ayirish noqonuniy

  • Amerika Ovozi

AQSh Adliya vaziri Erik Xolder

AQSh Adliya vaziri Erik Xolder

Obama ma’muriyatiga ko'ra, davlatga qarashli maktablar fuqaroligi yoki AQShda yashash bo’yicha qonuniy maqomi qanday bo’lishidan qat’i nazar o’qish uchun kelgan bolalarni ta’lim huquqidan mahrum qilishga haqqi yo’q.

Adliya vaziri Erik Xolderning aytishicha, Oliy sud bundan 30 yil oldin qabul qilgan hukmda immigratsiya maqomi qanday bo’lishidan qat’i nazar bolalarni maktabga borish huquqidan mosuvo etish eng asosiy adolat tamoyillariga zid kelishi belgilangan.

Shunga qaramay, ayrim maktablarda muhojirlar farzandlarini maktablarga qabul qilmaslik hollari uchrab turibdi, dedi Xolder.

Adliya vazirining ta’kidlashicha, muhojirlik maqomi, irqi, rangi yoki milliy kelib chiqishi qanday bo’lishidan qat’i nazar, davlat maktablari o’quvchilarni o’qishga qabul qilishga majbur. Sinfxonalar barcha uchun ochiqligini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi kerakli choralarni ko'radi, deydi u.

Adliya vazirligi hamda Ta’lim vazirligi shu masalada qo’shma bayonot tayyorlab, mamlakatning barcha davlat maktablariga yo’llagan. Bayonotda qonuniy maqomi qanday bo’lmasin, barcha bolalar o’qish huquqiga ega ekani va ularni muhojirlik maqomi tufayligina maktabga olmaslik noqonuniy ekani eslatilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG