Amerikada yosh noqonuniy muhojirlar uchun qonuniy imkon

  • Amerika Ovozi

Hujjatsiz muhojir talabalar, Los-Anjeles, 15-iyun, 2012-yil.

Hujjatsiz muhojir talabalar, Los-Anjeles, 15-iyun, 2012-yil.

Qo’shma Shtatlarda noqonuniy immigrantlar farzandlari uchun ta’sis etilgan yangi dastur ish boshladi. Dastur ularga mamlakatda qonuniy ravishda qolish imkonini beradi.

Ushbu davlat dasturiga ko’ra, AQShga ota-onasi bilan noqonuniy ravishda kirgan yosh muhojirlar ma’lum talablarga javob bersa, deportatsiyadan qo’rqmay vaqtincha Amerikada qolishi mumkin bo’ladi.

Talablarning ba’zilari shuki, yosh noqonuniy muhojirlar talaba yoki qurolli kuchlar safida xizmat qilayotgan bo’lishi, jinoiy ishlar yoki xavfsizlikka tahdid soluvchi faoliyatga aralashmagan bo’lmog’i lozim.

Bundan tashqari ular 31 yoshgacha bo’lishi va Amerikaga 16 ga to’lmasidan oldin keltirilgan bo’lishi kerak.

Migratsiya siyosati instituti hisobiga ko’ra, taxminan 1,8 million yosh immigrant bu talablarga javob berishi mumkin.

Noqonuniy immigratsiya Amerikada nozik masala bo’lib, prezidentlikka da’vogarlar saylov kampaniyasi davomida bu mavzuga doir qarashlarini bildirib keladi. Ayrimlar nazarida davlat noqonuniy muhojirlarga ijtimoiy dasturlar uchun pul sarflashga majbur, bu esa fuqarolarni zarur dasturlar va yordamdan ayirmoqda.

Ayrim hisoblarga ko’ra, AQShda 30 yoshga yetmagan 4,4 million noqonuniy muhojir bor. Shulardan 1,7 millioniga vaqtincha qolishga ruxsat berilishi mumkin. 85 foizi Lotin Amerikasidan chiqqan yoshlar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG