Senatda immigratsiya tizimini butunlay isloh qilish muhokamada

  • Amerika Ovozi

AQSh Senatida mamlakat immigratsiya tizimini tubdan isloh qilish masalasi muhokamada.

Bu bahs bir necha oy davom etishi, Kongressda joriy yil ko’riladigan eng yirik masalalardan biri bo’lishi kutilayapti.

Prezident Barak Obama Amerikadagi 11 million noqonuniy muhojirga fuqarolik eshiklarini ochib berishga doir reformani olg’a surib keladi.

Bu yurt iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, dunyoning eng iste’dodli kadrlarini jalb qilish uchun g’oyat muhim, deydi Obama.

Demokrat va respublikachilardan iborat guruh nazarida chegaralarni pishiqroq mudofaa qilish va noqonuniy muhojirlarni yollayotgan odamlarni javobgarlikka tortish kerak.

Loyihaga kamida 300 tuzatish kiritish taklifi yangrab ulgurgan. Ayrimlar nazarida avval chegarani mahkamlash kerak.

Noqonuniy muhojirlarning yangi to’lqiniga eshiklarni ochib berayapmiz, deya ogohlantiradi qarshilar.

Boshqalar esa noqonuniy immigrantlar qonuniy maqom olganidan keyin Amerika fuqarolari iqtisodiy jihatdan ziyon ko’rmasligi lozim, deydi.

Yangi tashabbusni kecha Senat Adliya qo’mitasi muhokama qilishga kirishgan. Qo’mita tasdig’idan o’tsa, Senatda ovozga qo’yiladi va ma’qullansa, Vakillar palatasiga oshiriladi. Har ikki palatadan omon chiqqan loyihani keyin prezident imzolaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG