Amerika kamroq odamni deportatsiya qilayapti

  • Amerika Ovozi

Obama ma'muriyati, xususan, jinoiy o’tmishi bo’lmagan, oilasi Amerikada yashayotgan nolegal immigrantlarga ko’proq imkon berayotgani qayd etiladi.

Obama ma'muriyati, xususan, jinoiy o’tmishi bo’lmagan, oilasi Amerikada yashayotgan nolegal immigrantlarga ko’proq imkon berayotgani qayd etiladi.

“Nyu-York Tayms” gazetasi xabariga ko’ra, Qo’shma Shtatlarda deportatsiyaga uchragan noqonuniy muhojirlar soni kamaygan.

2009-yildan beri bu raqam ikki baravarga qisqargani ma’lum.

O’sha payt bilan qiyoslaganda, Obama ma’muriyati joriy yilda deportatsiya bilan bog’liq 26 foizga kam sud ishlari ochgan.

Hukumat masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashayotgani seziladi. Xususan, jinoiy o’tmishi bo’lmagan, oilasi Amerikada yashayotgan nolegal immigrantlarga ko’proq imkon berilayotgani qayd etiladi.

Bu orada, immigratsiya bo’yicha faollar Obama ma’muriyatini qonunlarni tubdan isloh qilishga undayapti.

Mamlakatda 12 million hujjatsiz muhojir yashaydi. Ularga fuqarolik uchun imkon berilishi kerak, deydi huquq himoyachilari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG