Vakillar palatasi Obamaning farmonini bekor qiluvchi hujjatni ma'qulladi

  • Amerika Ovozi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi Prezident Barak Obamaning muhojirlarga doir farmonini puchga chiqarishi mumkin bo'lgan loyihani ma'qulladi.

Obama sal oldin Kongressni chetlab o'tib 4 million hujjatsiz muhojirni deportatsiyadan saqlab qolishga doir farmonni imzolagan edi.

Respublikachilar hukmron yangi Kongress kelasi oy ishga tushganida prezidentning farmonini to'sishga yanada zo'r beramiz, deydi respublikachi spiker Jon Beyner.

Oq uyning ta'kidlashicha, prezidentning qarori qonuniy va Vakillar palatasi olg'a surgan hujjat davlat rahbariga taqdim etilsa, Obama veto huquqini qo'llash ahdida qat'iy.

Demokratlarning eslatishicha, respublikachi prezidentlar Ronald Reygan va Jorj Bush ham immigratsiya yuzasidan Kongressni chetlab farmonlar bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG