Breaking News

Yozgi lagerlar - Amerikada ham sevimli oromgohlar


Amerikadagi yozgi lagerlarda/Summer camps in US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:22 0:00
Yuklab oling

Amerikadagi yozgi lagerlarda/Summer camps in US

Yozgi ta’til nihoyasiga yetib, o’quv yili boshlanib ketdi. Amerikada har yili yuzlab ming o’quvchilar lagerlarga boradi. U yerda imkoniyati cheklangan va normal bolalar birga dam oladi.

Kemrin Evansning lagerdagi eng yaxshi ko’rgan mashg’uloti - toqqa o’xshatib qurilgan devorga tirmashib chiqish.

Endi esa devorga Xelen O’Brayen ismli qiz chiqmoqchi. Kemrin yordamga tayyor.

“Accomplish” deb nomlangan bu lagerda jismoniy, ruhiy va aqliy iqtidori cheklangan bolalar dam oladi. Xelen – ulardan biri. Shifokorlarning aytishicha, uning rivojlanish darajasi juda sust.

Rahbar Jonaton Rondo lager ahamiyatini shunday tushuntiradi:

“Maqsadimiz – bu norasida bolalar normal bolalar bilan dam olishini ta’minlash. Nogironlarni jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida tarbiyalash kerak. Ertaga ular mustaqil yashay olishi lozim. Do’kon yoki maktabda bu bolalar nogironlarni uchratib qolsa, hurmat qilsin. Ularning ongiga shuni singdirish kerak”.

Uch oy shu lagerda dam olgan Kemrin kelajakda nogiron bolalar bilan ishlamoqchi.

“Men katta bo’lganimda shu sohani o’rganib, o’qituvchi bo’lmoqchiman. Masalan, bola kar yoki soqov bo’lsa, u bilan muloqot qilish sirlarini bilmoqchiman”,- deydi u.

Merilend shtatining so’lim bu maskanida bu yoz 550 bola dam olishga muvaffaq bo’ldi. Ulardan biri – Rechel ismli qiz. Uning bu yerga uchinchi marta kelishi. Rechelning onasi Danet Broton lagerdagi muhitni maqtaydi.

“Bu yerda qizim turli odamlar bilan, masalan nogiron tengdoshlari bilan muloqot qilishni o’rgandi”.

Lagerda dam olayotgan aka-uka Jon va Konnor - nogiron. Har ikkisi aqliy
jihatdan tengdoshlaridan orqada.

Bolalarning otasi Denni Mebri lager o’g’illari uchun foydali bo’lganini aytadi.

“Ularning o’ziga nisbatan ishonchi oshdi. Boshqa bolalar, boshqa odamlar bilan aloqa qilishni o’rgatdi”.

Imkoniyatlari cheklangan bolalarning ko’nglini ko’tarish va ularning boshqa o’smirlar bilan vaqt o’tkazishi ayni muddao, deydi lager homiylari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG