Oq uy Hindiston muxolif partiyasini g’alaba bilan qutladi

  • Amerika Ovozi

Yangi hukumat tarkibi ma’lum bo’lganidan keyin Qo’shma Shtatlar Hindiston yangi rahbariyati bilan ishlashga, aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor, deydi Oq uy matbuot kotibi Jey Karni.

Yangi hukumat tarkibi ma’lum bo’lganidan keyin Qo’shma Shtatlar Hindiston yangi rahbariyati bilan ishlashga, aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor, deydi Oq uy matbuot kotibi Jey Karni.

Bo’lg’usi bosh vazir, partiya yetakchisi Narendra Modi Vashingtonda mo’tabar mehmon bo’ladi, deyiladi Oq uy bayonotida.

Oq uy Hindistondagi muxolif Bxaratiya Janata partiyasini ommaviy saylovlardagi g’alabasi bilan muborakbod etdi.

Bo’lg’usi bosh vazir, partiya yetakchisi Narendra Modi Vashingtonda mo’tabar mehmon bo’ladi, deyiladi Oq uy bayonotida.

Hukumat tarkibi ma’lum bo’lganidan keyin Qo’shma Shtatlar Hindiston yangi rahbariyati bilan ishlashga, aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor, deydi Oq uy matbuot kotibi Jey Karni.

AQSh rasmiylari muddati tugayotgan Bosh vazir Manmoxan Singxning sa’y-harakatlarini, oxirgi 10 yilda hamkorlik yo’lidagi hissasini olqishlayapti.

Prezident Barak Obama bu orada Narendra Modiga qo’ng’iroq qilib, Vashingtonga taklif qildi.

Manmoxan Singxning Hindiston milliy kongressi partiyasi saylovda mag’lubiyatga uchradi. Partiya korrupsiya bilan bog’liq janjallar, pulning qadrsizlanishi va iqtisodiy o’sish sust ekanida ayblanib tanqid qilinadi. Koalitsion hukumatdagi tinimsiz bahslar davlat ishini orqaga tortayotgan omillardan edi.

Muxolif Braxatiya Janata partiyasi esa oxirgi 30 yilda parlamentda aksariyat o’rinlarni qo’lga kiritgan birinchi partiyadir. Bu esa guruh koalitsiya tuzishi shart emas, degani.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG