AQSh va Hindiston yadroviy hamkorlikni davom ettiradi

  • Amerika Ovozi

AQSh Prezidenti Barak Obama Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan ko'rishmoqda, Dehli

AQSh Prezidenti Barak Obama Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan ko'rishmoqda, Dehli

Hindistonga tashrif buyurgan AQSh Prezidenti Barak Obama bugun Respublika kuni bayramida mehmon bo'ldi. 1950-yil 26-yanvarida Hindiston mustaqil davlat sifatida ilk konstitutsiyasini qabul qilgan.

Obama mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot qilib, qator bitimlar imzoladi. Tomonlar anchadan beri muzlab turgan yadro bitimi bo'yicha kelishuvga erishganini ma'lum qildi.

Bitim 2008-yilda imzolangan. Unga ko'ra, AQSh Dehliga tinch maqsadlar uchun yadro texnologiyasini uzatishga rozi bo'lgan, ammo yadro inshootlari xavfsizligini Hindiston davlati o'z zimmasiga olmay, bunday obyektlarni qurgan kompaniyalarga yuklagach, Vashington kelishuvni muzlatib qo'ygan edi.

Yakshanba kungi muzokaralar chog'ida tomonlar bir necha million dollarlik umumiy sug'urta jamg'armasini ochishga kelishib oldi.

Bosh vazir Modi ikki mamlakat o'rtasidagi savdodan ko'ngli to'q ekanini bildirdi.

Obama AQSh va Hindiston biznes doiralari ishtirokidagi forumda ham qatnashib, so'ng ertaga Saudiya Arabistoniga uchib ketadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG