Breaking News

AQSh va Indoneziya harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda


Indoneziya va Qo'shma Shtatlar harbiy hamkorlikni oshirish va Indoneziya mudofaa tizimini kuchaytirishga kelishib, harakat rejasini imzoladi. Indoneziya Mudofaa vazirligi bosh kotibi Edivan Prabovoning aytishicha, 2015-yilga imzolangan rejaga muvofiq AQShning bu mamlakatdagi Mudofaa tizimini isloh qilish tashabbusi jiddiy ravishda kengaytiriladi.

"Hamkorlik bir dastur bilan cheklanmaydi. Mudofaa strategiyasi, harbiy reja, mudofaa salohiyati bobida ham ishlar qilinadi", - deydi rasmiy.

Rejani AQSh tomonidan imzolagan elchi o'rinbosari Kristen Bauerning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Indoneziya bilan uzoq muddatli hamkorlikka tayyor.

"Hamkorligimiz o'smoqda, kengaymoqda. Mudofaa sohasidagi aloqalarimiz bugunchalik kuchli bo'lmagan. O'tgan yili 500 dan ziyod almashinuv dasturlari, qo'shma mashg'ulotlar va boshqa tadbirlar o'tkazdik. Bu yili esa bundan ham ko'p rejalangan", - deydi Amerika diplomati.

AQSh 1990-yillar boshida Indoneziyani Sharqiy Timorda inson huquqlarini poymol etayotganlikda ayblab, harbiy aloqalarni uzgan edi. 2005-yilda munosabatlar to'liq tiklangan.

Indoneziya sobiq Prezidenti Susilo Bambang Yudxoyono paytida AQSh Indoneziyaga harbiy samolyotlar sotgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG