Ukrainada taraflar qurolini olib chiqmoqda, orada uch askar o'lgan

  • Amerika Ovozi

Ukraina rahbari Petro Poroshenko Kiyevda Milliy mudofaa universitetida bo'ldi. 27-fevral, 2015-yil.

Ukraina rahbari Petro Poroshenko Kiyevda Milliy mudofaa universitetida bo'ldi. 27-fevral, 2015-yil.

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko og'ir qurollarni Ukraina sharqiga, front zonasiga qaytarishga tayyor. Chunki Rossiyaga xayrixoh ayirmachilar oy boshida erishilgan sulhni buzishda davom etayapti, deya izohlaydi u.

Poroshenkoning aytishicha, Ukraina qurolli kuchlari g'animga qarshi turib berishga shay.

Bu orada, Ukrain harbiylari bir kecha-kunduzda uch askar halok bo'lgani, yana yetti nafari jarohat olganini bildirmoqda. Holbuki, bundan oldin ikki kuncha biror talofatlarsiz o'tgan edi.

Poroshenko qo'shni Rossiyaga ishora qilar ekan, sulhga qaramay, sharqdan tahdid saqlanib qolaveradi, deydi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so'zlariga ko'ra esa Ukraina sharqidan qurollar sekin-asta olib chiqilayapti. U tinchlik kelishuvining boshqa bandlari, xususan, insonparvarlik yordamini yetkazish, sharqda konstitutsion islohotlar o'tkazish kabi talablar ijrosini eslatadi.

Payshanba kuni Ukraina askarlari sharqdagi qishloqlardan, jumladan, Debalsevo shahridan qurollarini olib chiqa boshladi. Jarayonni Yevropa kuzatuvchilari nazorat qilayapti. Shu kuni Kiyev oxirgi paytlarda to'qnashuvlar keskin kamayganini ham tan oldi. Ayirmachilar 4-martgacha o'z qurol-aslahasini frontdan butunlay olib chiqib bo'lishini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG