Breaking News

AQSh davlat xalqaro teleradio tizimida ehtimoliy o'zgarishlar


AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi (Broadcasting Board of Governors - BBG) hozirda "Amerika Ovozi", "Ozodlik", "Ozod Osiyo", "Sava", "Al-Hurra" telekanali va "Marti" teleradiolarini nazorat qiladi.
AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi (Broadcasting Board of Governors - BBG) hozirda "Amerika Ovozi", "Ozodlik", "Ozod Osiyo", "Sava", "Al-Hurra" telekanali va "Marti" teleradiolarini nazorat qiladi.
AQSh Kongressida ko'rib chiqilayotgan yangi qonun loyihasi bu davlat tomonidan moliyalanadigan xalqaro teleradio tizimlari xususida bo'lib, hujjat ma'qullansa, qator yangiliklar kutilmoqda.

Bu tizimlarni hozirda AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi (Broadcasting Board of Governors) boshqarib keladi. Kongress a'zolari nazarida bu organ ishi samarasiz va uning o'rniga AQSh Xalqaro Kommunikatsiya Agentligi tashkil etish taklif qilinmoqda.

Qonun loyihasi respublikachi Ed Roys tomonidan olg'a surilmoqda. Roys ayni damda Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi.

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi 45 yilda efirga chiqadigan "Amerika Ovozi", 22 tilda eshittirish beradigan "Ozodlik", to'qqiz tilda yangraydigan "Ozod Osiyo", arab tilidagi "Radio Sawa" radiosi va "Al Hurra" telekanali, ispan tilida Kubaga axborot uzatadigan "Marti" teleradiosini nazorat qiladi.

Rossiya va Xitoy o'z xalqaro telekanal va radiolarini kuchaytirar ekan, Amerika ham o'z tizimlarini zamonga moslashi va ularning faoliyatini mustahkamlashi lozim, deydi kongressmen Roys.

Yuqorida nomi tilga olingan axborot vositalari muhokamadagi qonun yuzasidan biror bayonot berishni ma'qul topmayapti. Chunki, deydi "Amerika Ovozi" direktori Deyvid Ensor, hali biror qarorga kelinmagan.

"Bizning missiyamiz aniq: ishonchli va xolis axborot berish. Har hafta dunyo bo'ylab taxminan 164 million odamga yetamiz",- deydi u.

Yangi qonun qabul qilinsa, boshqaruv va strukturada katta o'zgarishlar bo'ladi. Loyiha Senatda ham tasdiqlanishi lozim va undan keyingina prezident Barak Obama qo'liga imzo uchun boradi.

A'zolari prezident tomonidan tayinlanadigan va yarmi demokrat, yarmi respublikachi hamda Davlat kotibidan iborat AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi uzoq yillardan beri keskin tanqid ostida. Boshqaruv jurnalistik tashkilotlarning ishini osonlashtirish emas, qiyinlashtirish bilan mashg'ul degan shikoyatlar yangraydi.

Xillari Klinton davlat kotibi paytida kengashni samarasiz organ deya atar edi. Qonunchilar fikricha ham uni isloh qilish davri yetgan.

Gap jurnalistika va jurnalistlar haqida ketayotgani yo'q, deydi qonunchilar. Maqsad - strukturaviy o'zgarishlar asosida bu tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG